O?ZBEKISTON POYTAXTI DELEGATSIYASI TOKIO XALQARO MERLAR URBANISTIK SAMMITIDA QATNASHDI

27.05.2019 10:51

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Shuhrat Turdiqulov boshchiligidagi poytaxtimiz hokimiyati delegatsiyasi Tokio xalqaro merlar urbanistik sammitida ishtirok etdi. Unda urbanizatsiya, tabiiy ofatlarga qarshi kurashish va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish masalalari muhokama qilindi.

 

 

Tadbir doirasida Toshkentda amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, shahar infratuzilmasini yaxshilash va aholi xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qilinayotgan tizimli ishlar, shuningdek, poytaxtning investitsiyaviy va sayyohlik salohiyati haqida hikoya qiluvchi taqdimot marosimi o‘tkazildi.

Sammit yakunida Toshkent va Tokio shaharlari o‘rtasida tabiiy ofatlarga qarshi kurashish va favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish borasida o‘zaro hamkorlikni yanada kengaytirish bo‘yicha deklaratsiya o‘qib eshittirildi

O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari, shuningdek, Nagoya shahrida qator uchrashuvlar o‘tkazib, Toshkentning investitsiyaviy salohiyati haqida so‘zlab berdi.

Nagoya shahri deputatlar kengashi raisi X.Niva ikki shahar korxonalari o‘rtasida ishlab chiqarish sohasida hamkorlikni rivojlantirish taklifini ilgari surdi. U, shuningdek, ishbilarmon doiralar vakillarining o‘zaro tashriflarini tashkil etish hamda qo‘shma biznes-forumlar o‘tkazish, shahar kengashlari o‘rtasida aloqalarni rivojlantirish borasidagi taklifni qo‘llab-quvvatladi.

Shahar meri Takasi Kavamura Nagoya ishbilarmon doiralarining safarini uyushtirish va Toshkentda biznes seminarni o‘tkazishni tashkil etishga tayyor ekanini bildirdi. Tomonlar 2019 yil mart oyida imzolangan Memorandumning amaliy ijrosi doirasida ijtimoiy, madaniy va sayyohlik sohalarida hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish borasida kelishib oldi.

Turizm va madaniy almashinuvni olg‘a surish departamenti boshlig‘i T.Matsuo Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri vakillarining Nagoya shahriga tashrifini tashkil etish hamda an’anaviy “No” teatri bilan aloqalarni o‘rnatish taklifini berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatimiz teatri Yaponiyada juda mashhur.

Uchrashuv chog‘ida, shuningdek, iyun oyida Nagoya meriyasida “Nagoya meets Tashkent” deb nomlangan anjumanni o‘tkazishga kelishib olindi.

Mamlakatimiz delegatsiyasi a’zolari Nagoya universitetiga ham tashrif buyurdi va mazkur oliy o‘quv yurtida poytaxtimiz investitsiyaviy salohiyati bo‘yicha taqdimot o‘tkazdi. Tadbir chog‘ida mazkur ta’lim muassasasi prorektori Masafumi Nakaxigashi universitet 2019 yil iyul oyida O‘zbekistonda ikki mamlakat oliy ta’lim muaasasalari rektorlari 3-yig‘ilishini tashkil etish va o‘tkazishga alohida e’tibor qaratayotganini ta’kidladi.

 

 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net