O'zbekiston fuqarolarining haj va umra ziyoratlarini amalga oshirishlari uchun yanada qulay sharoitlar yaratiladi

09.01.2024 07:04

/"Dunyo" AA/. O'zbekiston Din ishlari bo'yicha qo'mitasi raisi Sodiq Toshboyev va Musulmonlar idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar boshchiligidagi mamlakatimiz delegatsiyasi joriy yil 8-11-yanvar kunlari Jidda shahrida bo'lib o'tayotgan «Haj va Umra xizmatlari» uchinchi xalqaro konferensiyasi va ko'rgazmasida ishtirok etmoqda, deb xabar qilyapti "Dunyo" AA muxbiri.

Tadbir doirasida Din ishlari bo'yicha qo'mita raisi Sodiq Toshboyev va O'zbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazar Saudiya Arabistoni haj va umra vaziri Tavfiq ar-Rabia bilan uchrashuv o'tkazdilar.

Tomonlar ikki birodar davlat rahbarlari o'rtasidagi ishonchli va do'stona muloqot tufayli aloqalarimiz yangi bosqichga ko'tarilganini, jumladan, din va ma'rifat sohalarida hamda haj va umra ibodatlarini tashkil etishda yuqori natijalarga erishilganini alohida qayd etdilar.

Muloqot chog'ida o'zaro hamkorlik istiqbollari, shu jumladan, «Haj – 2024» mavsumini yuqori darajada tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

O'zbekiston delegatsiyasi haj va umra ziyoratchilariga xizmat ko'rsatish sifatini yanada oshirish taklifini bildirdi.

Bo'lib o'tgan uchrashuv yakunida O'zbekiston Din ishlari bo'yicha qo'mitasi hamda Saudiya Arabistoni Haj va Umra vazirligi o'rtasida mamlakatimiz fuqarolari uchun musulmon olamining muqaddas ziyoratgohlariga safarlarni tashkil etish ishlarini yanada yaxshilash yuzasidan kelishuv imzolandi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net