O?ZBEK YOSHLARI KIMYO FANI BO?YICHA XALQARO OLIMPIADA SOVRINDORLARI SAFIDAN O?RIN OLDI

31.07.2019 15:13

Mazkur olimpiada o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkaziladigan eng nufuzli xalqaro tadbirlardan biridir. Joriy yil unda dunyoning 80 ga yaqin davlatidan 300 nafardan ortiq iqtidorli o‘quvchi ishtirok etdi.

 Fransiya oliy ta’lim va innovatsiyalarni tadqiq qilish vazirligi, Milliy ta’lim va yoshlar vazirligi qo‘magida tashkil etilgan xalqaro olimpiadada mamlakatimiz sharafini himoya qilgan 4 nafar o‘quvchi 2 ta bronza va 2 ta kumush medal sovrindori bo‘ldi.

 Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik litseyi o‘quvchilari Islom Karimov va Mohira Boltayeva kumush medali, ushbu litsey o‘quvchisi Ulug‘bek Boyirbekov va Toshkent davlat agrar universiteti qoshidagi akademik litsey o‘quvchisi Diyor Hayitov bronza medali bilan taqdirlandi.

 Qayd o‘tish kerakki, Toshkent pediatriya tibbiyot instituti qoshidagi akademik litsey o‘quvchilari kimyo fani bo‘yicha ShemiCO, Mendeleyev nomidagi xalqaro olimpiadalar hamda boshqa qator tanlovlarda munosib ishtirok etib, bugungacha 50 dan ziyod oltin, kumush va bronza medalini qo‘lga kiritgan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net