O?ZBEK MILLIY TAOMLARI GERMANIYADA KATTA ISHTIYOQ BILAN O?RGANILMOQDA

24.05.2019 13:40

Yurtimizda bo‘lib qaytgan har qanday chet ellikning xotirasida, eng avvalo, o‘zbek halqining mehmondo‘stligi, dasturxonimizning ochiqligi, taomnomamizning rang-barangligi hamda ovqatlarimizning betakrorligi muhrlanib qolishi hech kimga sir emas. Bu omil ko‘pchilik xorijliklarning yurtimizga yana qaytib kelishlarida, biz bilan savdo-iqtisodiy aloqalarini yo‘lga qo‘yishlarida ham muhim o‘rin tutadi.

 

 

Mazkur holatlar inobatga olinib 2017 yilning sentabr oyidan buyon Germaniyaning Bonn shahrida O‘zbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi, Olmon-O‘zbek do‘stlik jamiyati, GFRning sobiq poytaxti meriyasi va Xalq amaliy maktabi hamkorligida “O‘zbek milliy taomlari” kurslari yo‘lga qo‘yilgan.

Kurslar muntazzam ravishda yiliga bir necha marotaba tashkil etilib, unda o‘zbek xalqi taomlari bilan bir qatorda madaniyati, urf-odatlari, tarixiy shaharlari-yu sayyohlik imkoniyatlari keng targ‘ib etilmoqda.

Joriy yilning 22 may kuni tashkil etilgan navbatdagi mashg‘ulotlarda Germaniyada turli sohalarda faoliyat olib borayotgan 12 nafar ishtirokchi qatnashib, milliy taomlarimizdan somsa, dimlama va “Bahor” salati tayyorlashni o‘rgandilar.

O‘z navbatida tadbir davomida O‘zbekistonda olib borilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlar, ularning dastlab natijalari, jumladan, mamlakatimizni rivojlantirish va dunyoning yetakchi davlatlari safiga olib chiqish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar haqidagi ma’lumotlar bilan o‘rtoqlashildi.

Mashg‘ulotlar ishtirokchilariga, shuningdek, O‘zbekistonning turistik salohiyatini namoyish etuvchi broshyura, jurnal va o‘zbek dasturxonining muhim taomlari retseptlari tarqatildi. Ular o‘zbek xalqining mehmondo‘stligi va taomlarining haqiqiy ta’mini totib ko‘rishlari uchun yurtimizga tashrif buyurishlari lozimligi eslatib o‘tildi.

“O‘zbek milliy taomlari” kursi davom ettirilib, navbatdagi mashg‘ulotlar joriy yilning sentabr oyida (yozgi ta’tildan so‘ng) o‘tkazilishi rejalashtirildi.

Tadbir davomida bir qator ishtirokchilar “Dunyo” AA muxbiri bilan o‘z taasurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Bonn shahridagi reklama agentligi xodimi Kira Din:

- “O‘zbek milliy taomlari” kursi haqida internetdagi pazandachilik forumida ma’lumot oldim va qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tdim.

Bu mening o‘zbek millati va oshxonasi bilan ilk uchrashuvimdir. Albatta, taomlarning xilma-xilligi va ularning tayyorlanish usullari menga juda xush keldi.

O‘z navbatida mashg‘ulot davomida o‘zbeklarning mehmondo‘stligi, dasturxon tuzash va ovqatlanish odatlari haqida yangi ma’lumotlar oldim.

Aytishim kerak, bugungi mashg‘ulotlardan o‘zimga yangi dunyoni – O‘zbekistonni ochdim, uning madaniyati bilan ozmi-ko‘pmi tanishdim. Menda kelgusida mazkur yurt bilan bog‘liq tadbirlarda ko‘proq ishtirok etish hamda O‘zbekistonga tashrif buyurib, o‘zbek halqining oshxonasi bilan yanada yaqinroq tanishish niyati paydo bo‘ldi.

Bonn shahridagi o‘rta maktab o‘qituvchisi Gudrund Manigold-Burkxardt:

- Men bir necha yillardan buyon Bonn shahri Xalq amaliy maktabi tomonidan tashkillashtiriladigan turli kurslarda faol ishtirok etib kelaman. Aytishim kerak, bugungi “O‘zbek milliy taomlari” kursi boshqalaridan farqli o‘larov ajoyib tadbir bo‘ldi. Menga juda yoqdi.

Albatta, bu kabi tadbirlarning tashkil etilishi o‘zbek va nemis xalqarini o‘zaro yaqinlashtirishda va madaniyatlararo almashinuvni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Ishonch bilan ayta olamanki bugungi pazandachilik kursining barcha ishtirokchilari mashg‘ulotlardan zavq olish bilan birga O‘zbekiston haqida yangi ma’lumotlarga ega bo‘lishdi, o‘zbeklar madaniyati va urf-odatlari bilan tanishishdi.

Eng qizig‘i, tadbir ohiriga kelib bir necha kishi Bonn shahridagi Olmon-O‘zbek do‘stlik jamiyatiga a’zo bo‘lishga ishtiyoq bildirdilar. Bu degani, kurs ishtirokchilarga juda yoqdi va o‘z oldiga ko‘ygan maqsadiga erishdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net