Mamlakatimizda ftiziatriya va pulmonologiya xizmati yana-da rivojlantiriladi

23.01.2023 09:52

/“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz Prezidentining “2023-2026 yillarda ftiziatriya va pulmonologiya xizmatini yana-da rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri “Norma uz” portalida eʼlon qilingan maʼlumotga tayangan holda.

Ushbu hujjat bilan belgilanishicha, Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi ftiziatriya va pulmonologiya kasalliklarini profilaktika qilish, tashxislash, davolash hamda mazkur sohalarni yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlash bo‘yicha respublikada bosh muassasa hisoblanadi.

Mazkur qarorga binoan, quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:

- sog‘liqni saqlash muassasalarida ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya tizimlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida takomillashtirish va modernizatsiya qilish;

- ftiziatriya va pulmonologiya yo‘nalishida viloyat (respublika), tuman (shahar) hududiy tibbiyot muassasalari o‘rtasida tizimli uzviy bog‘liqlikni hamda uslubiy vertikal boshqaruvni taʼminlash;

- tuman (shahar) ftiziatriya muassasalari qoshida kunduzgi statsionarlarni tashkil etish orqali aholiga malakali ftiziatriya va pulmonologik tibbiy yordam ko‘rsatish hajmini oshirish hamda respublika ftiziatriya reabilitatsiya markazlarida o‘pka nospetsifik kasalliklarining shifoxonadan keyingi davrdagi kuzatuvini tashkillashtirish;

- tuberkulyoz va o‘pka nospetsifik kasalliklari bo‘yicha epidemik vaziyatni muntazam tahlil qilish va monitoringini olib borish, bemorlarning milliy elektron reyestrini yuritish va boshqalar.

Ushbu qaror bilan 2023-2026 yillarda ftiziatriya va pulmonologiya xizmatini rivojlantirish bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlar tasdiqlandi.

Yuqoridagilar bilan birga, markaz huzurida Shokir Alimov nomidagi ilmiy maktab, shuningdek Milliy referens laboratoriya va ilmiy-amaliy trening markazi ochilishi ham belgilangan.

Ushbu hujjat joriy yil 21 yanvardan eʼtiboran kuchga kirdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net