Malayziyadan munosabat: O?zbekistonning buyuk kelajagini Konstitutsiyamizda belgilangan tamoyillar asosida birgalikda bunyod etishimizga aminman

07.12.2022 21:48

KUALA-LUMPUR, 7-dekabr. /“Dunyo” AA/. 8 dekabr –  O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan Malayziyadagi vatandoshlarimiz “Dunyo” axborot agentligi orqali yurtdoshlarimizga bayram tabriklarini yo‘llashdi:

Kozimjon Vahobov,  «Datamicron Sdn Bhd» kompaniyasi maslahatchisi:

– Men barcha vatandoshlarimizni, erkin va obod kelajagimizning mustahkam poydevorini belgilab bergan O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Mening fikrimcha, har bir davlat o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘lini tanlar ekan, xalq farovonligini taʼminlashga xizmat qiladigan eng muhim maqsad va vazifalarini o‘zining Konstitutsiyasi vositasida mustahkamlab oladi.

Bosh qomusimiz hayotga tadbiq etilishining amaliy samarasi sifatida bugun har birimizning xonadonimizga farovonlik va to‘kinlik kirib kelayotir. U O‘zbekiston fuqarolari tengligining kafolatlanishiga zamin yaratdi.   

O‘zbekistonning buyuk kelajagini Konstitutsiyamizda belgilangan tamoyillar asosida birgalikda bunyod etishimizga aminman.

Nodirxon Nusratxodjayev, Malayziya Osiyo-tinch okeani texnologiyalar va innovatsiya universiteti talabasi:

– Butun yurtdoshlarimizni mamlakatimiz  Konstitutsiyasi qabul qilinganining 30 yillik bayrami bilan samimiy tabriklar ekanman, barchaga o‘zimning ezgu tilaklarimni izhor etishni istar edim.

Bosh qomusimiz milliy manfaatlarimiz, istiqlolimiz va buyuk kelajagimizning huquqiy kafolatidir.

Shuni ham taʼkidlash joizki, o‘tgan davr mobaynida Konstitutsiyamiz inson manfaatlarini taʼminlash uchun xizmat qiladigan insonparvar fuqarolik jamiyati, adolatli huquqiy davlat, demokratik suveren rivojlantish yo‘limizning huquqiy asosiga aylandi.

Asosiy qonunimizning barcha bandlari fuqarolar manfaatlariga xizmat qilmoqda. Yoshlarning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, o‘z iqtidori va salohiyatini namoyon etishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlarning huquqiy asosi unda o‘z ifodasini topgan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net