MAKTAB O?QUVCHILARIGA TASHQI ISHLAR VAZIRINING SOVG?ALARI TOPSHIRILDI

27.12.2019 10:36

TOSHKENT, 27 dekabr'. /“Dunyo” AA/. Yangi yil arafasida O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi xodimlari poytaxtimizdagi qator maktablarga tashrif buyurib, tashqi siyosat mahkamasi rahbarining a'lochi o‘quvchilarga atalgan bayram sovg‘alarini tantanali tarzda topshirdi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

Yangi yil bolajonlar uchun sevimli va quvonchli bayramdir. Bu bayramni ular, odatda, intiqlik bilan kutadi. Tinchlik va barqarorlik hukm surayotgan mamlakatimizda har bir bolaga davlatimiz tomonidan katta e'tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgani ularning kelajakda komil inson bo‘lib ulg‘ayishi, o‘z oldiga qo‘ygan ulkan marralarni zabt etishida muhim omil bo‘lib xizmat qilmoqda.

 

Uchtepa tumanidagi 129-maktabda tahsil olayotgan Ulug‘bek Akbarov yosh bo‘lishiga qaramasdan o‘zbek, rus va ingliz tillarida erkin muloqat qiladi, barcha fanlarni a'lo darajada o‘zlashtirmoqda.

 

Ulug‘bek vazirlik xodimlari bilan muloqot chog‘ida turli savollarga to‘liq va aniq javob berib, barchaning olqishiga sazovor bo‘ldi hamda maxsus sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 

- Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilovning shaxsan o‘zlari qo‘l qo‘ygan, ismim yozilgan bayram tabrigini olish men uchun katta sharaf, - deydi hayajon bilan Ulug‘bek. - Kelajakdagi orzuim - a'lo darajada o‘qib, mamlakatimiz va xalqimizga diplomat bo‘lib xizmat qilish, davlatimizning do‘stlik aloqalarini yanada mustahkamlashga hissa qo‘shish, O‘zbekiston bayrog‘ini ko‘klarga ko‘tarishdir.

 

Mamlakatimizda bunday kichik qahramonlarimiz ko‘plab topiladi. Tashqi ishlar vaziri sovg‘a qilgan kitoblar, maktab o‘quv qurollari, shirinliklar, ayniqsa, vazir dastxati qo‘yilgan bayram tabrigi ertamiz kelajagi bo‘lgan bolajonlar qalbida o‘chmas iz qoldirdi.

 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net