Kuala-Lumpurda O?zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarga bag?ishlangan taqdimot o?tkazildi

19.03.2023 12:13

/“Dunyo” AA/. Mamlakatimiz elchixonasi tomonidan Malayziya Yutara universiteti bilan hamkorlikda O‘zbekistonning iqtisodiy, sarmoyaviy, taʼlim va turizm salohiyati hamda boy madaniy merosiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri

Unda Malayziya oliy taʼlim vaziri Mohamed Xalid Nordin, Yutara universiteti rektori vazifasini bajaruvchi Shahimi Moxtar, shuningdek, mezbon mamlakatning siyosiy, ilmiy-akademik va ishbilarmon doiralari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbir ishtirokchilariga O‘zbekistonda olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar, shu jumladan konstitutsiyaviy islohot jarayoni hamda O‘zbekiston-Malayziya o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari bo‘yicha batafsil maʼlumot berildi.

Malayziya tomoni, respublikada amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab, O‘zbekistonda taklif etilayotgan konstitutsiyaviy o‘zgartishlar mamlakatda demokratik islohotlarni yana-da chuqurlashtirish va taʼlim sohasini yana-da mukammallashtirishga xizmat qilishini taʼkidladi.

Malayziya oliy taʼlim vaziri Mohamed Xalid Nordin o‘z chiqishida O‘zbekiston boy madaniy meros hamda matematika, astronomiya va adabiyot sohalarida katta tarixga ega ekaningi qayd etdi. «Malayziya ikki davlat o‘rtasidagi madaniyat va ilm ko‘priklarini yana-da kengaytirish hamda mustahkamlash tarafdori», dedi u.

Yutara universiteti rektori vazifasini bajaruvchi Shahimi Moxtar  o‘z maʼruzasida O‘zbekiston Bank-moliya akademiyasi (BMA) bilan islom moliyasi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash sohasida o‘rnatilgan hamkorlikni olqishladi va ushbu aloqalarni kelajakda yana-da kengaytirishga qiziqish bildirdi.

Tadbir davomida, shuningdek, Malayziya Yutara universiteti huzuridagi Islom biznes maktabida 10 kunlik maxsus islom moliyasi bo‘yicha o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan 21 nafar BMA tinglovchilariga tegishli sertifikatlar topshirildi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning boshidan buyon 42 nafar o‘zbekistonlik mutaxassislar Malayziyada islom moliyasi bo‘yicha o‘z malakasini oshirdi.

Shuningdek, tadbir davomida Yunus Rajabiy nomidagi “Maqom” ansambli ishtirokida madaniy dastur taqdim etildi. Ansambl  xonandalari tomonidan jonli tarzda  kuylangan eng sara maqom va mumtoz qo‘shiqlar  ishtirokchilarga xush kayfiyat bag‘ishladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net