“YANGI AVLOD - YANGI TASHABBUSLAR” SHIORI OSTIDA FAOL YOSHLAR BILAN MA'NAVIY-MA'RIFIY MULOQOT BO?LIB O?TDI

09.01.2020 09:25

TOSHKENT, 9 yanvar'. / “Dunyo” AA/. Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning 2019 yil 27 dekabr' kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan o‘tkazgan yig‘ilishida ilgari surilgan muhim fikr va g‘oyalar, belgilangan vazifalar ijrosiga bag‘ishlab “Yangi avlod — yangi tashabbuslar” shiori ostida ijodkor yoshlar bilan muloqot o‘tkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

Ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan tadbir yuksak ibrat va namuna asosida bugungi kunda badiiy ijod va jurnalistika sohasida qalam tebratayotgan, ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishlarda faoliyat olib borayotgan yoshlarning ijodiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash, muammolarini hal etish, ularga har tomonlama ko‘mak berish masalalariga bag‘ishlandi.

 

Uchrashuvda badiiy ijodning nasr, nazm, bolalar adabiyoti, dramaturgiya, badiiy tarjima, badiiy publisistika yo‘nalishlarida ijod qilayotgan yoshlar, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sovrindorlari, talaba-yoshlar, ilk kitobi nashr etilgan ijodkorlar, yoshlar tashkilotlarining yetakchilari so‘zga chiqdi.

 

Ular Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Vatan iftixorlari” institutini joriy etish, IT-parklarni tashkil etish, yurtimizda yosh rahbarlarni saralaydigan, ularning layoqatiga mos lavozimlarga tavsiya etadigan samarali mexanizmni yaratish, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va oilaviy ajralishlarning oldini olish, viloyat, tuman, shahar hokimlari va boshqa rahbarlarning yoshlar siyosati masalalariga yanada e'tiborini oshirish, jamiyatda yoshlarning roli va obro‘sini ko‘tarish, ularga qulay sharoitlar yaratish, muammolarini hal etish, bandligi, uy-joy ta'minoti, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi, ta'lim olish va kasb o‘rganishga bo‘lgan talablarini yuzaga chiqarish, yoshlar auditoriyasiga yo‘naltirilgan tele- va radiokanallar, bosma nashrlar asosida “Yoshlar media xoldingi”ni tashkil etish kabi qator tashabbuslarni katta xursandchilik bilan qabul qilganini ta'kidladi.

 

Shuningdek, mamlakatimizda boshlangan yangi davr, barcha sohalarda kechayotgan islohotlarni har bir yoshga yetkazish, bu borada o‘z ijodi bilan munosib hissa qo‘shish, o‘zbek adabiyoti va jurnalistikasining nodir namunalarini jahon tillariga tarjima qilish, ijtimoiy tarmoqlar, internet tizimi imkoniyatlaridan foydalanib mamlakatimiz tarixi, ma'naviyati, buyuk ajdodlarimiz merosi, bugungi islohotlar jarayoni bilan jahon axlini mutazam tanishtirib borish, barcha sohalarda fidoyilik bilan mehnat qilayotgan bunyodkor yoshlar haqida badiiy asarlar yaratish borasida o‘z tashabbuslarini bildirdi.

 

Prezidentimizning globallashuv sharoitidagi xavf-xatarlar va mafkuraviy xurujlarga qarshi kurashish borasida aytgan fikrlari asosida yoshlar bir qancha takliflarni bildirdi. Aynan bu kurashda har bir yosh milliy ma'naviyat va qadriyatlar himoyachisiga aylanishi zarurligi haqida aytib o‘tdi.

 

Muloqot davomida so‘zga chiqqan ma'naviy-ma'rifiy yo‘nalishlarda xizmat qilayotgan yosh harbiy yigitlar Prezidentimiz aytganidek, “ishonsa arziydigan, suyansa tog‘ bo‘ladigan yoshlar” sifatida Vatan himoyasi yo‘lida nafaqat bilak kuchi, balki bor bilim, salohiyati bilan xizmat qilajagini bildirdi.

 

Uchrashuv doirasida har bir yosh ishtirokchi o‘z fikr-mulohazalarini erkin bayon qildi. Tadbir yakunida Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi tomonidan yoshlarning ushbu yo‘nalishlardagi ijodiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash borasida “Eng yaxshi she'riy asar”, “Eng yaxshi nasriy asar”, “Eng yaxshi badiiy publisistik asar” yo‘nalishlari bo‘yicha tanlov e'lon qilindi va ishtirokchilarga Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Jurnalistlar ijodiy uyushmasi, Yoshlar ittifoqi tomonidan nashr etilgan badiiy kitoblar taqdim qilindi.

 

Tadbirda ta'kidlanganidek, yoshlarni, ularning maqsad-muddaolarini yaqindan bilish, ularni katta-katta ishlarga safarbar etishda bunday muloqotlar juda zarur ekanligini yana bir karra namoyon etdi.

 

Ijodiy tashkilotlar, ommaviy axborot vositalari rahbarlari, taniqli shoir va yozuvchilar, adabiyotshunos olimlar, tarjimon va jurnalistlar yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net