Prezident Shavkat Mirziyoyev 30 noyabr kuni Urganch shahridagi «Nihol» innovatsion maktabini borib ko‘rdi.
Mamlakatimizda barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlarni ma’naviy-axloqiy va jismonan sog‘lom etib tarbiyalash, ularni davlatimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlarning faol ishtirokchisiga aylantirishga qaratilgan chora-tadbirlar doirasida xalqaro tajribani o‘rganish, yetakchi davlatlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida Germaniyaning Bonn shahrida “Maxalla – O‘zbekistonda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashda va fuqarolik jamiyatini qurishda muhim institut” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasining Xitoy Xalq Respublikasidagi elchixonasida ushbu mamlakatda yashayotgan vatandoshlar hamda Xitoyning turli oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Pekinga amaliy safar bilan kelgan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzod Qudratxo‘jayev boshchiligidagi mamlakatimiz olimlaridan iborat delegatsiya a’zolari ham ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 9 noyabr kuni sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish, hududlar aholisini sifatli tibbiy xizmat bilan qamrab olish, tibbiyot muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash borasidagi islohotlar natijalarini tahlil qilish va istiqboldagi ustuvor vazifalarni belgilashga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.