IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR VA YOSHLAR MARKAZI DELEGATSIYASI BILAN UCHRASHUV

22.01.2019 16:31

2019-yilning 19-yanvar kuni O‘zbekistonning AQShdagi Elchixonasida mamlakatimiz Yoshlar ittifoqi ko‘magida AQShga kelgan Imkoniyati cheklangan bolalar va yoshlar markazi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

AQShning ushbu sohadagi muassasalari, jumladan ehtimoliy homiylari hamda xayriya jamg‘armalari bilan hamkorlik o‘rnatish va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.

 Asosiy e’tibor imkoniyati cheklangan bolalarni qo‘llab quvvatlash bo‘yicha AQShning ilg‘or tajribasini o‘rganish zaruriyatiga qaratildi. Amerika Qo‘shma Shtatlarida yiliga mamlakat federal budjetining 4% yoki 140 mlrd. dollardan ko‘proq mablag‘ imkoniyati cheklanganlarni ijtimoiy qo‘llab quvvatlashga yo‘naltiriladi. Bundan tashqari shaxsiy jamg‘armalar va xayriya tashkilotlari ham yiliga 250 mlrd. AQSh dollariga yaqin ko‘mak ko‘rsatadi va xorijiy davlatlarga ko‘rsatiladigan gumanitar yordam hajmi (yiliga 8 mlrd. dollar) bo‘yicha jahonda yetakchi hisoblanadi.

 Uchrashuvda eshitish va nutq buzilishi mavjud bolalar uchun sifatli ta’lim tizimini O‘zbekistonda tashkillashtirish muammosi alohida mavzu bo‘ldi, bu esa Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan o‘tgan yil yozida O‘zbekiston karlar jamiyatining Kar-soqovlar madaniyat markaziga tashrifi chog‘ida aholining ijtimoiy nochor qatlamini qo‘llab quvvatlash bo‘yicha Hukumatning bosh ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan edi.

 O‘zbekiston delegatsiyasining AQShga safari dasturi San-Antonio, Ostin, Berlington va Nyu-York kabi Amerika shaharlarida maqsadli treninglarda ishtirok etishni o‘z ichiga oladi. Bundan tashqari, Markaz direktori, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rano Shodiyeva boshchiligidagi mamlakatimiz vakillari AQSh tomoni bilan qator maqsadli uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net