TIV KONSULLIK-HUQUQIY DEPARTAMENTI AXBOROTI

17.05.2019 11:54

Mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra ba’zi MDH mamlakatlarida, jumladan O‘zbekistonda tug‘ilgan Rossiya Federatsiyasi fuqarolariga Xitoyning Rossiya bilan chegaradosh Fuyuan shahriga kirish uchun taqiq qo‘yilgani to‘g‘risidagi ayrim OAVlarning xabarlari rasman tasdiqlanmagan.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatadiki, Rossiyaning Uzoqsharqiy federal okrugi (Amur viloyati, Kamchatka o‘lkasi, Magadan viloyati, Primorye o‘lkasi, Saxa Respublikasi (Yoqutiston), Saxalin viloyati, Yahudiy avtonom viloyati, Xabarovsk o‘lkasi, Chukotka avtonom okrugi) hududida joylashgan fuqarolarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Vladivostok shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon raqamalari orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-423-260-48-00, +7-951-018-70-07.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net