Inson hayotda turli kutilmagan holatlarga duch kelishi mumkin. Begona mamlakatda esa bunday holatlarga uchrash ehtimoli bir necha barobar ortadi. Rossiya poytaxti Moskva shahrida vaqtincha istiqomat qilayotgan Zuhra Boboqulova ham o‘zi bilmagan va xohlamagan holda farzandi – yetti oylik Iskandarjondan judo bo‘lishiga bir bahya qoldi. Ammo, O‘zbekistonning Rossiyadagi Elchixonasi vakillari bunga yo‘l qo‘ymadi.
Shu kunlarda mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasida O‘zbekiston Qurolli Kuchlarining 27 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
Kuvaytning “As-Siyasa” gazetasining navbatdagi sonida respublikamizda diniy bag‘rikenglikni ta’minlash va islomiy obidalarni saqlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarga bag‘ishlangan maqola chop etildi.
Iqtisodiyot va moliya bo‘yicha nufuzli “El Mundo Financiero.com ” (Ispaniya) xalqaro jurnalida shunday sarlavhali maqola e’lon qilindi. Uning muallifi qirol Xuan Karlos nomidagi universitet professori Karlos Uriartedir. Olimning qayd etishicha, Shavkat Mirziyoyev Prezidentlik lavozimiga kirishganidan so‘ng O‘zbekistonda mamlakatni faol rivojlantirish va modernizatsiya qilishga qaratilgan ulkan islohotlar amalga oshirilmoqda.
2019-yilning 19-yanvar kuni O‘zbekistonning AQShdagi Elchixonasida mamlakatimiz Yoshlar ittifoqi ko‘magida AQShga kelgan Imkoniyati cheklangan bolalar va yoshlar markazi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Germaniyada o‘qiyotgan, ilmiy izlanishlar olib borayotgan bir guruh o‘zbekistonlik yoshlar Berlin shahrida Prezident Shavkat Mirziyoyevni katta xursandchilik bilan kutib oldi.
2019 yil 17 yanvarda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi muammolari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi va Hindiston isteʼmolchilar assotsiatsiyasi oʻrtasida imzolangan hamkorlik memorandumiga muvofiq ikki mamlakat isteʼmolchilarining huquqlari muhofazasi isteʼmolchilar huquqini himoya qiluvchi har ikkala tashkilot hamkorligi doirasida amalga oshiriladi.
Ma’lumki, bugungi kunda respublikamizda sog‘liqni saqlash tizimini tubdan isloh qilish, jumladan, aholiga zamonaviy tibbiy-sanitariya, profilaktika, diagnostika, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishning yaxlit va mukammal tizimini takomillashtirish hamda soha uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda.
2019-yilning 14-yanvar kuni Pokiston tomonining tashabbusi bilan Pokiston Islom Respublikasi Qurolli kuchlari Qo‘shma shtabida ularning amaliyotida va ikki tomonlama munosabatlar tarixida ilk marotaba O‘zbekistonning davlat bayrami – Vatan himoyachilari kuni nishonlandi.