«Laylakcha» bog‘chasining rekonstruksiyasi uchun mahalliy byudjetdan qariyb 3 mlrd. 424 million so‘m ajratildi. Ayni vaqtda ushbu bog‘cha 360 nafar bolani o‘z bag‘riga sig‘dira oladi.
Shuningdek, tumanda «AYIQCHA» nomli yangi 100-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ham o‘z faoliyatini boshladi. Mazkur tashkilot 1932 yilda tashkil qilingan bo‘lib, shu kungacha 300 o‘ringa ixtisoslashgan edi. Endilikda tashkilot hududidagi eski binolar buzilib, o‘rniga yangilari qurildi va bola o‘rni 60 taga oshirilib, 360 ta o‘ringa yetkazildi.
Bog‘cha qurilishi va qayta rekonstruksiya qilish uchun davlat byudjetidan 9 300 758 191 so‘m mablag‘ ajratilgan.
Tuman maktabgacha ta’lim bo‘limi tasarrufidagi «Sog‘lomjon» nomli 250-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ham mahalliy byudjet hisobidan joriy ta’mirlandi. Ushbu tashkilot 1992 yilda qurilgan bo‘lib, rekonstruksiyadan avval 330 o‘rinli edi. Endilikda bola sig‘imi 420 o‘ringa yetkazildi.
Ta’kidlash kerakki, qayta qurish va ta’mirlash jarayonida har uchala bog‘chaning yozgi o‘yingohlari to‘liq rezina qoplama hamda chim bilan qoplandi. Ayni vaqtda mazkur MTTlarda bolalar yotoqxonasi, tibbiyot xonasi, musiqa zali, kir yuvish xonasi, futbol va basketbol maydonchalari hamda bolalar suzish havzasi tashkil qilingan.
M.Qosimova,
O‘zA