Ўзбекистон Республикаси Президенти “Одам савдосига ва мажбурий меҳнатга қарши курашиш тизимини янада такомиллаштиришга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида”ги Фармонни имзолади. Аҳамиятлиси, бу ҳужжат БМТ Бош Ассамблеясининг 2013 йилдаги 68-сессиясининг қарорига мувофиқ эълон қилинган сана - 30 июль – Одам савдосига қарши курашиш куни қабул қилинди.
O‘zbekistonning Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasi quyidagi yangi manzilga ko‘chib o‘tganini ma’lum qilamiz: 05000, Olmaota shahri, Jarokova ko‘chasi, 360-uy, tel.: +7-727-390-26-16, +7-727-299-20-70, e-mail: kz.uzconsulate@mfa.uz.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga konsullik xizmatlari ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida 2019-yilning 1-iyul sanasidan O‘zbekiston Respublikasining Rossiya Federatsiyasidagi Elchixonasi Konsullik bo‘limi negizida yetti kanalli “Call-center” ishga tushirildi.
30 iyun – O‘zbekiston yoshlari kuni munosabati bilan O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi tomonidan Guanchjou shahrida o‘zbekistonlik vatandosh va talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Dunyo xalqlarining sirk san’ati yutuqlaridan bahramand bo‘lish, o‘zbek milliy sirk san’atini asrab-avaylash va yanada rivojlantirish, uning obro‘-e’tiborini, san’at sohasidagi o‘rni va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini oshirish, xalqlar o‘rtasida madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadida Toshkentda “Xalqaro sirk san’ati” festivali o‘tkaziladi.