Koʻplab mamlakatlarning tadqiqotchi va siyosatshunoslari mintaqaviy integratsiyaning samarali formulasini ishlab chiqish ustida bir necha oʻn yillar davomida bosh qotirib kelishmoqda. Ular oʻrganayotgan obyektning asosiy murakkabligi shundaki, siyosiy va iqtisodiy voqeliklar hamisha oʻzgarib turadi. Soʻnggi bir necha yilda geosiyosiy vaziyatning oʻzgaruvchanlik kasb etgani bu jarayonlarni yana ham tezlashtirdi. Demak, olimlarning yillar davomida toʻplagan nazariy bilimlari va amaliy tajribasi birdaniga oʻz dolzarbligini yoʻqotib, mehnatlari chippakka chiqishi ham hech gap emas.
Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSHga amaliy tashrifi doirasida qator muhim uchrashuvlar oʻtkazdi, nufuzli tadbirlarda ishtirok etdi. Jumladan, 19-sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasi yalpi sessiyasi umumiy debatlarida nutq soʻzlab, mintaqaviy va global kun tartibining dolzarb masalalari yuzasidan oʻz qarashlarini bayon etdi.
/“Dunyo” AA/. Joriy yilning 11-15-sentyabr kunlari O‘zbekiston Adliya vazirligi huzuridagi Xadicha Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi direktori Akram Xalilov boshchiligidagi delegatsiya Malayziya poytaxtida bo‘lib o‘tgan Osiyo sud ekspertizasi fanlari tarmog‘ining (Asian Forensic Sciences Network - AFSN) 15-yalpi yig‘ilishi va simpoziumida qatnashdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.
/“Dunyo” AA/. 2023-yil avgust–sentyabr oylarida O‘zbekistonning vazirlik va idoralari vakillari Malayziya texnik hamkorlik dasturi (MTCP) doirasida Kuala-Lumpur shahrida tashkil etilgan malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli tamomladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.