Dunyo xalqlarining sirk san’ati yutuqlaridan bahramand bo‘lish, o‘zbek milliy sirk san’atini asrab-avaylash va yanada rivojlantirish, uning obro‘-e’tiborini, san’at sohasidagi o‘rni va jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyatini oshirish, xalqlar o‘rtasida madaniy aloqalarni mustahkamlash maqsadida Toshkentda “Xalqaro sirk san’ati” festivali o‘tkaziladi.
O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar deyarli barcha sohalarni qamrab olmoqda, ayniqsa Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan ta’lim sohasiga berilayotgan e’tibor natijasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, xorijiy oliy ta’lim muassasasi filiali va qo‘shma oliy ta’lim muassasasi, xorijiy ta’lim muassasalari bilan qo‘shma fakultet va qo‘shma dasturlar, shuningdek, ikki diplomli dasturlarni tashkil etish borasida talay ishlar amalga oshirib kelinmoqda.
Dunyoning turli mintaqalarida yuz berayotgan mojarolar, to‘qnashuvlar, afsuski, ko‘p hollarda diniy aqidalar niqobi ostida ilgari surilayotgan buzg‘unchi g‘oyalarga borib taqalmoqda. Bunday vaziyatdamuqaddas islom dinining insoniylik, bag‘rikenglik, tinchlikparvarlik qadriyatlarini jahon afkor ommasiga keng tanitilishi muhim ahamiyat kasb etmoqda.
30 iyun – O‘zbekiston yoshlari kuni munosabati bilan mamlakatimizning Xitoydagi elchixonasi tomonidan Lanchjou shahrida o‘zbekistonlik talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.
O‘zbekistonning Dehli shahridagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, Hindistonning Bihar shtati aholisi zich joylashgan hududlarida o‘tkir ensefalit sindromi (Acute Encephalitis Syndrome) tarqalmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 80 kishidan ortiq bo‘lib, asosan bolalardan iborat. Mahalliy hokimiyat organlari kasallik tarqalishini bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rmoqda.
2019-yil 4-iyun kuni “BBC” (Buyuk Britaniya) teleradiokompaniyasi muxbiri Avazbek Toxirov O’zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan akkreditatsiya qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
q a r o r i
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi (FVV) delegatsiyasi fuqarolar muhofazasi va favqulodda holatlarning oldini olish sohasini takomillashtirish borasida tajriba almashish maqsadida Fransiyaga tashrif buyurdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining “Jismoniy tarbiya va sport yagona axborot tizimini yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi” qaroriga binoan mamlakatimizda yagona ma’lumotlar bazasi yo‘lga qo‘yiladi.Ushbu tizim sport natijalari bo‘yicha izchil monitoring olib borish, mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan barcha sportchilar, murabbiylar hamda sog‘lomlashtirish va sport inshootlari to‘g‘risida ma’lumot almashishga xizmat qiladi.