Gallup 2022 jahon soʻrovi: Oʻzbekiston aholisi oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov natijalari tahlili

18.01.2024 01:14

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (CERR) “GALLUP” tadqiqot va konsalting tashkiloti tomonidan jamoatchilik fikrini oʻrganish asosida tayyorlanayotgan yillik Jahon soʻrovnoma (Gallup World Poll) boʻyicha hisobotini tahlil qildi.

Gallup 2005-yildan beri har yili 160 mamlakat oʻrtasida (har bir davlatdan 1000 kishi) dunyo boʻylab soʻrov oʻtkazib kelmoqda, bu 15 yoshdan oshgan dunyo aholisining 98%ini tashkil qiladi.

Gallup World Poll 100 savoldan iborat va quyidagi Indekslarni oʻz ichiga oladi:

  • Qonun va tartib;
  • Oziq-ovqat va uy-joy;
  • Institutlar va infratuzilma;
  • Yaxshi ish oʻrinlari;
  • Farovonlik.

Gallup ushbu hisobotida Oʻzbekistonni postsovet Yevroosiyo mintaqasidagi mamlakatlar bilan taqqoslab boradi.

Farovonlik koʻrsatkichlari

2022-yilda farovonlik indeksi (0 dan 10 ballgacha) 6,0 ballni tashkil etdi, ushbu indeksning mintaqadagi oʻrtacha koʻrsatkichi esa 5,7 ballga teng. Shunday qilib, Oʻzbekiston postsovet Yevroosiyo mintaqasi mamlakatlari orasida eng yaxshi natijalardan birini koʻrsatgan.

Postsovet Yevroosiyo mintaqasi Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston, Armaniston, Ozarbayjon, Gruziya, Rossiya, Belarus, Moldova, Ukraina kabi davlatlarni oʻz ichiga oladi.

2022-yilda oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, oʻzbekistonliklarning 39%i hozirgi kunda oʻz farovonligi oshib borayotganligini taʼkidlagan, bu mintaqaviy oʻrtacha 30%dan sezilarli darajada yuqori.

Hayotdan qoniqishni aniqlash uchun "Hayot zinapoyasi" deb nomlangan soʻrov natijalaridan foydalaniladi. Respondentlardan 0 dan 10 gacha zinapoyaning qaysi pogʻonasida ekanligi soʻraladi, bu yerda 0-pogʻona eng yomon hayotni, 10-pogʻona esa eng yaxshi hayotni anglatadi.

Oʻzbekiston aholisining atigi 2%i oʻz hayotlarida qiyinchiliklarga duch kelayotganliklarini qayd etishgan, bu mintaqaviy oʻrtacha koʻrsatkichdan 6%ga past.

Oʻzbekiston farovonlik koʻrsatkichlari boʻyicha mintaqa mamlakatlari orasida eng yaxshi natijani koʻrsatgan.

Shu bilan birga, Gallup baholashlariga koʻra, pandemiya davridan soʻng aholining farovonligi eng tez tiklangan mamlakatlardan biri hisoblanadi.

Oʻzbekistonliklar kelgusi 5 yildagi farovonligini 8,7 ball deb baholaganlar. Xususan, kelajakdagi farovonligini kutish borasida Oʻzbekiston mintaqada eng yaxshi natijani koʻrsatgan, mintaqaning oʻrtacha koʻrsatkichi esa 7,4 ballni tashkil etgan.

Respondentlarning 86%i hozirgi paytda turmush darajasi yaxshilanayotganligini bildirishgan va ushbu koʻrsatkichning mintaqadagi oʻrtacha darajasi 40%ni tashkil etgan.

Soʻrovda qatnashgan Oʻzbekiston aholisining 80%i hozirgi moliyaviy holatidan qoniqayotganligini bildirishdi, bu mintaqadagi eng yuqori koʻrsatkich boʻlib, mintaqa uchun oʻrtacha koʻrsatkich 60%ni tashkil etgan.

Oʻzbekistonliklarning 44%i joriy daromadlarida yaxshi hayot kechirayotganliklarini bildirishgan boʻlsa, mintaqadagi oʻrtacha 33% boʻlgan.

Yaxshi ish oʻrinlari

Oʻzbekistondagi ishchilarning 34%i oʻz ishlaridan qoniqishlarini bildirishgan. Bu esa oʻz navbatida, mintaqadagi eng yuqori koʻrsatkich boʻlib, mintaqa uchun oʻrtacha 27%ni tashkil etgan.

“GALLUP” tashkiloti hisob-kitoblariga koʻra, ish joylaridan koʻngli toʻlmaydigan ishchilar global iqtisodiyotga 8,8 trln. dollar yoki jahon YAIMning 9% miqdoridagi xarajatlarni keltirib chiqaradi

Oʻzbekistondagi ishchilarning 15%i oʻz ish joylarida stressga tushishlari mumkinligini taʼkidlashgan boʻlib, bu mintaqadagi koʻrsatkichdan mintaqada 24%ni tashkil qildi.

2020-yildan beri hozirgi davrda ish topishning eng yaxshi payti deb hisoblaydiganlarning ulushi 17%ga oshgan va 2022-yilda soʻrovda qatnashganlarning 63%i buni qayd etishgan. Bu esa oʻz navbatida, mintaqadagi eng yuqori koʻrsatkich, oʻrtacha koʻrsatkich esa 38%ni tashkil etgan.

Ikki yil davomida oʻzbekistonliklarning mamlakat iqtisodiyotini yaxshilanayotganligiga ishonchi 7%ga oshib, 82 foizga yetdi. Bu koʻrsatkich mintaqada oʻrtacha 51%ni tashkil etgan.

Institutlar va infrastruktura

2022-yilda oʻzbekistonliklarning 92% mamlakat hukumatiga ishonishlarini bildirishgan, bu esa aholining hukumatga boʻlgan ishonchining oʻrtacha koʻrsatkichi 68%ni tashkil etgan mintaqa mamlakatlari orasida eng yaxshi natijalardan biri hisoblanadi.

Shu bilan birga, Oʻzbekistonda sud tizimi faoliyatiga ishonuvchilarning ulushi ikki yil ichida 10%ga oshgan va 2022-yilda 74%ni tashkil etgan. Bu koʻrsatkich mintaqada oʻrtacha 45% boʻlib, sezilarli darajada past.

Mintaqa aholisining oʻrtacha 55%i moliya institutlari va banklarga ishonishlarini taʼkidlashgan boʻlsa, Oʻzbekistonliklarning 82%i bank-moliya tizimiga "juda katta" ishonch bildirishgan.

Oʻzbekistonliklarning 94%i bolalar va yoshlarga "katta" eʼtibor qaratilmoqda deb taʼkidlagan boʻlsalar, bu ham mintaqadagi oʻrtacha koʻrsatkich 76%ga nisbatan yuqori natija.

Oʻzbekiston aholisining 93%i mamlakatda bilim olish va oʻsish uchun barcha imkoniyatlar mavjudligini bildirishgan, mintaqadagi bu koʻrsatkich 68%ni tashkil etgan.

ewtg7968es4f6g46z4gtfed r68yh79e8r4g68464gs r8h798er498y46e8r1g

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net