Ekologik muammolar muhokama etildi

08.09.2022 14:05

FOTOREPORTAJ

Termiz shahrida Surxondaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi boshlig‘i R.Safarova, shahar hokimi I.Xudoyberdiyev, sektorlar rahbarlari hamda mas’ullar ishtirokida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.

Muloqotda hukumatimiz tomonidan mamlakatimizda ekologik holatni yaxshilash, chiqindilar bilan bog‘liq ishlarni tartibga solish, hududlarni ko‘kalamzorlashtirishga katta e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Chiqindilarni yig‘ish, saralash, qayta ishlash va utilizatsiya qilish sohasida tadbirkorlar bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik, bu borada ular uchun yaratilgan qator imtiyoz va qulayliklar  xususida so‘z yuritildi.

Bundan tashqari, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida respublikamizning barcha hududlarida ko‘chat ekish va bog‘lar tashkil etish borasida amalga oshirilgan ishlar hamda yo‘l qo‘yilgan kamchilik va xatolarga to‘xtalib o‘tildi. Joriy yilning kuzida ko‘chatlarni ekish uchun hozirdanoq joylarni tanlash, iqlimga mos ko‘chatlarni saralash, sug‘orish imkoni bo‘lmaydigan joylarga ko‘chatlarni ekmaslik, ekilgan ko‘chatlarni o‘z vaqtida parvarishlash uchun shahar va tuman hokimliklari tomonidan dislokatsiya ishlab chiqib, korxona va tashkilotlarga  biriktirib berilishini o‘z vaqtida tashkil etish kerakligi ta’kidlandi.

Yakunda shahar hokimi tomonidan yuqoridagi masalalar bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

 


 
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat),O‘zA

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net