DEHLI SHAHRIDA XOTIRA VA QADRLASH KUNI NISHONLANDI

10.05.2019 12:05

Mamlakatimizning Dehli shahridagi elchixonasida Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasini yod etish, bugungi kunda hayot bo‘lgan faxriylarni qadrlash va sharaflash, yurtimizda tinchlik va barqarorlikni yanada mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida so‘z yuritildi.

Bayram tadbiri qatnashchilariga tantanali ravishda “Sharaf lentalari” tarqatildi va mavzuga oid videolavhalar namoyish etildi.

- Biz, yosh avlod vakillari, “Sharaf lentasi”ni taqar ekanmiz, Ikkinchi jahon urushi maydonlarida tinch-osoyishta hayotimiz uchun kurashgan, bu yo‘lda o‘z jonini fido qilgan ota-bobolarimiz xotirasiga ta’zim qilamiz, - deydi Dehli Texnologiya universiteti talabasi Umirbek Murotov. - Bugun keksalik gashtini surayotgan faxriylarimizga o‘zimizning chuqur ehtiromimizni izhor qilamiz. Xorijdagi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan tengqurlarimiz nomidan aytishni istardimki, biz har tomonlama puxta bilimlarni egallash orqali ajdodlarimizga munosib avlod bo‘lishga harakat qilamiz va mamlakatimizning yanada rivoj topishiga o‘z hissamizni qo‘shamiz.

- Urush va mehnat fronti faxriylarining yorqin xotirasini qalbimizda saqlash bizning muqaddas burchimizdir, - deydi tadbirkor Qudratxo‘ja Qoraxo‘jayev. - Xotira va qadrlash kuni minnatdor avlodlar uchun doimo muqaddas va qutlug‘ sana bo‘lib qoladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net