XORIJLIK VATANDOSHIMIZNING YANGI YIL TABRIGI

27.12.2019 10:35

BRYUSSEL, 27 dekabr. /«Dunyo» AA/. Yangi yil munosabati bilan xorijda yashayotgan vatandoshlarimiz bayram tabriklarini yo’llamoqda, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

 

Belgiya Xalqaro biznes boshqaruvi instituti kafedra mudiri, O’zbekiston fuqarosi Munira Aminova 2019 yil O’zbekiston uchun juda samarali yil bo’lganini ta'kidlagan.

 

- Yil davomida keng ko’lamli islohotlar amalga oshirilib, qator yangi loyihalar hayotga tadbiq etildi, - deydi u. - Buning samarasida O’zbekiston xalqaro reytinglarda yuqori poғonalarga ko’tarilmoqda, izchil rivojlanayotgan davlatlar qatoriga qo’shilmoqda. Mamlakatimiz turistlar oqimi oshayotgan sayohat manziliga aylanmoqda.

 

Biz xorijda istiqomat qilayotgan O’zbekiston fuqarolari mamlakatimizda amalga oshirilayotgan o’zgarishlar va yangilanish jarayonini yaqindan kuzatib bormoqdamiz va mehnatsevar xalqimiz erishgan yutuqlardan faxrlanamiz.

 

Fursatdan foydalanib, barcha yurtdoshlarimizni kirib kelayotgan yangi 2020 yil bilan muborakbod etamiz. Dasturxoningizdan fayz-baraka arimasin, xonadoningizni baxt va quvonch aslo tark etmasin, mustaqil O’zbekistonimiz yanada gullab yashnasin!

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net