TIV KONSULLIK-HUQUQIY DEPARTAMENTI AXBOROTI

29.04.2019 16:19

Mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi ma’lumotiga ko‘ra 2019-yilning 27-aprel kuni Saratov viloyatining Rtishev tumanida O‘zbekiston davlat raqami 90 J 085 LA bo‘lgan “Lada Largus” avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan.

Saratov viloyatining tegishli organlari Bosh konsulxonaga tasdiqladiki, mashina chuqurga tushib ketishi natijasida ag‘darilib ketgan. “Lada Largus”dagi 7 nafar O‘zbekiston fuqarolarining barchasi kasalxonada davolanishni rad etib Lipetsk shahriga jo‘nab ketdi.

Konsullik-huquqiy departamenti eslatadiki, Rossiyaning Volga bo‘yi federal okrugi (Boshqirdiston Respublikasi, Mariy El Respublikasi, Mordoviya Respublikasi, Nijegorod viloyati, Orenburg viloyati, Penza viloyati, Perm o‘lkasi, Samara viloyati, Saratov viloyati, Tatariston Respublikasi, Udmurtiya Respublikasi, Ulyanov viloyati, Chuvashiya Respublikasi) hududidagi hamyurtlarimiz zarur vaziyatlarda mamlakatimizning Qozon shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi telefon orqali murojaat qilishlari mumkin: +7-967-772-66-00 (Bosh konsul Fariddin Badriddinovich Nasriyev).

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net