O?ZBEKISTON VA SAUDIYA ARABISTONI O?RTASIDA HAMKORLIK KUCHAYMOQDA

22.02.2019 15:43

O‘zbekiston Respublikasi va Saudiya Arabistoni o‘rtasida savdo-iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash va to‘g‘ridan-to‘g‘ri sarmoyalarni respublikamizning ilg‘or sohalaridagi loyihalarga jalb qilish maqsadida O‘zbekistonning Riyod shahridagi elchixona tomonidan Podshohlikning bir qator kompaniya vakillarini respublikamizga amaliy tashriflarini doimiy ravishda uyushtirib boryapti.

Jumladan, farmatsevtikaga ixtisoslashgan va dori-darmon ishlab chiqaruvchi «Bashair al-Dava» kompaniyasi raisi Mazen al-Bashir va ushbu kompaniya kuzatuv kengashi a’zosi shayx Muxammad al-Bashir joriy yilning 5-10 fevral kunlari Xorazm viloyatiga tashrif buyurib qaytdilar.

 Mazkur tashrif natijalari bo‘yicha O‘zbekisonning Riyoddagi elchixonasida Mazen al-Bashir bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Suhbat chog‘ida «Bashair al-Dava» kompaniyasi raisi O‘zbekistonning investitsion jozibadorligi yil sayin oshib borishi maqtovga sazovorligini ta’kidladi.

 Xorazm viloyati hokimiyatining mutasaddi xodimlari tomonidan ushbu viloyatning investitsion, savdo va turizm salohiyati haqida taqdimot o‘tkazganliklari natijasida saudiyalik ishbilarmonlar mazkur sohalardagi batafsil ma’lumotga ega bo‘lishgan. O‘z navbatida, «Bashair al-Dava» kompaniya vakillari ham o‘zlarida mavjud bo‘lgan onkologik kasalliklarga qarshi dori-darmon ishlab chiqaruvchi korxonaning loyihasini taqdim etdilar.

 «Biz O‘zbekistonda farmatsevtika korxonasini qurishni rejalashtiryapmiz, sababi yurtingizda farmatsevtika sohasini rivojlantirish hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Biz zamonaviy texnologiyalarni joriy etish orqali ish boshlaymiz, shuningdek talabalar uchun treninglar tashkil etib mazkur sohadagi tajribalarini oshirish masalasini ko‘rib chiqmoqdamiz», - deb ta’kidladi Mazen al-Bashir.

 O‘zbekistonga tashrifi doirasida mehmonlar farmatsevtik korxonani qurilishi mumkin bo‘lgan yerlarni, viloyatdagi bir qator zavod va fabrikalarning faoliyati bilan tanishib, Urgench va Xiva shaharlarining diqqatga sazovor joylari, tarixiy obidalari hamda ming yillik asori-atiqalarini ziyorat qilganlarini batafsil so‘zlab berdi.

 «Biz arablar islom tarixi, madaniyati va sivilizatsiyasi haqida ko‘p gapiramiz. Xiva shahriga tashrif buyurib buyuk allomalar al-Xorazmiy, al-Beruniy, az-Zamaxshariylar yashagan va ijod qilgan vatanni ko‘rib Markaziy Osiyodagi xaqiqiy Islom madaniyati o‘chog‘i shu O‘zbekiston zamini ekanligiga amin bo‘ldim. Dunyo sayyohlari Fransiyadagi Eyfel minorasini ko‘rishga oshiqadilar, lekin biz Xivadagi ming yillik minora va binolarni ko‘rib hayratda qoldik. Fikrimcha, bunday go‘zallik va boylikni jahonga namoyish qilsa arziydi. Albatta, sayyoxlarni jalb etishga ko‘proq e’tiborni qaratish kerak va biz ham bunga o‘z hissamizni qo‘shish istagidamiz», - deb aytdi Mazen al-Bashir.

 Tashrif yakunida, ikkitomonlama manfaatli loyihalarni amalga oshirish maqsadida Xorazm viloyati hokimiyati hamda Saudiya Arabistonining «Bashair al-Dava» kompaniyasi o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net