FARG?ONA VILOYATI DELEGATSIYASINING XITOYGA SAFARI SAMARALI BO?LDI

04.06.2019 12:15

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan O‘zbekiston va Xitoy hududlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar ko‘lamini kengaytirish yuzasidan mamlakatimizning Pekindagi elchixonasi oldiga qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish tadbirlari hamdao‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirish maqsadida qabul qilingan “Yo‘l xaritasi”ni hayotga izchil tadbiq etish doirasida Farg‘ona viloyati hokimi Sh.G‘aniyev boshchiligidagi delegatsiyaning Xitoyga amaliy safari tashkil etildi.

 

 

Mazkur delegatsiyaning Pekin shahri va Shensi provinsiyasigauyushtirilgan safaridan ko‘zlangan asosiy maqsad o‘zaro savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlikni yanada mustahkamlash, shuningdek, mamlakatimiz Prezidentining xorij kapitali va ilg‘or texnologiyalar ishtirokida qator sarmoyaviy loyihalarni amalga oshirish yuzasidan joriy yil 6 may kuni Farg‘onada o‘tkazilgan yig‘ilishdagi topshiriqlarining ijrosini ta’minlash bilan izohlanadi.

 Shensi provinsiyasi gubernatori Lyu Gochjunbilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida o‘zaro munosabatlar izchil rivojlanayotgani, turli darajadagi tashrif va uchrashuvlar muntazamlik tusi olayotganixususida fikr yuritildi. So‘nggi yillarda o‘tkazilgan oliy darajadagi tadbirlar, muzokara va uchrashuvlarning yakunlari bo‘yicha imzolangan hujjatlar ko‘p qirrali o‘zaro hamkorlikni, jumladan, mintaqalararo yo‘nalishdagi aloqalarni rivojlantirish uchun keng istiqbol eshiklarini ochgani alohida ta’kidlandi.

 Ma’lumki, so‘nggi ikki yil davomida O‘zbekiston va Xitoy savdo-iqtisodiy munosabatlari sezilarli darajada rivojlandi. Xususan, 2018 yil mamlakatlar o‘rtasidagi savdo aylanmasi hajmi o‘zaro munosabatlar tarixidagi eng katta ko‘rsatkichni band etib, 6,4 milliard dollardan oshdi.

 Farg‘ona viloyati va Shensi provinsiyasi sayyohlik sohasida ham ulkan salohiyatga ega ekani, ularning bag‘rida jahon sivilizatsiyasining yirik tarixiy maskanlari joylashgani ham qayd etildi. “Boy sayyohlik salohiyatga ega bo‘lgan O‘zbekiston xitoylik, jumladan, shensilik sayohatchilarning ham sevimli diyoriga aylanadi, deb aytish uchun barcha asoslar mavjud”, dedi provinsiya rahbari. U Farg‘ona viloyati va Shensi provinsiyasi o‘rtasida o‘zaro birodarlik aloqalarini o‘rnatish masalasini ishlab chiqish bo‘yicha O‘zbekiston tomonining taklifini qo‘llab-quvvatladi.

 Mamlakatimiz delegatsiyasi a’zolari safar davomidasement ishlab chiqarish, start-ap, biznes inkubatorlar bo‘yicha loyihalarni hayotga tadbiq etish, toshdan qog‘oz ishlab chiqarish va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat ko‘rsatadigan qatorkompaniyalarda muzokaralar o‘tkazdi.


 Mazkur muloqotlar yakunida Farg‘ona viloyati hududida umumiy qiymati 300 million dollardan ziyod hajmga teng bo‘lgan loyihalarni hayotga tadbiq etish bo‘yicha hujjatlar imzolandi.

 «Shanxi Zhongya Building Material Co. Ltd» bilan qurilish materiallari ishlab chiqarish, mehmonxona va turar-joylar qurish, «Beijing New Building Materials Plc» kompaniyasi bilan gips asosidagi quruq qurilish aralashmalari ishlab chiqarish, «Henan GM-mach Enviromental Technology Co Ltd» kompaniyasi bilan toshdan qog‘oz tayyorlashni yo‘lga qo‘yish, «China Civil Engineering Construction» kompaniyasi bilan urbanizatsiya va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish,«Wuxi Tianran Agriculture and Forestry Technology Co LT» kompaniyasi bilan Xitoy bozoriga eksport qilish maqsadida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va saqlash bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil qilish to‘g‘risidagi memorandumlar shular jumlasidandir.

 Farg‘onalik tadbirkorlar viloyatda elektrotexnika mahsulotlari, avtobuslar, ko‘tarma kranlar, podshipniklar, avtomobil ehtiyot qismlari ishlab chiqarish kabi qator qo‘shma loyihalarni amalga oshirish maqsadida xorijlik hamkorlar bilan V2V formatidagi uchrashuvlaro‘tkazdi.

  

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net