BMT vakili O?zbekiston erishayotgan natijalarni e’tirof etdi

26.08.2022 11:29

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Norboyeva BMTning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha taraqqiyotni muvofiqlashtirish byurosining mintaqaviy direktori Gvi Yeop Son xonim bilan uchrashdi.

Uchrashuvda tomonlar O‘zbekiston va BMT o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari va istiqbollarini muhokama qildi. Rivojlanishning ko‘plab sohalaridagi, shu jumladan, 2030 yilgacha bo‘lgan davrda BMT Global kun tartibining Barqaror rivojlanish maqsadlari (BRM)ni amalga oshirishdagi konstruktiv hamkorlikni yuqori baholandi.

Muloqot avvalida Senat raisi mehmonni yurtimizga tashrifi bilan samimiy qutlab, amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar bilan yaqindan tanishtirdi. Yaxshi qo‘shnichilik aloqalari, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash doirasida yaratilayotgan shart-sharoitlar, inson huquqlarini himoya qilish, odam savdosi va majburiy mehnatga qarshi kurashish, qonunchilikni takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar va natijalar tilga olindi.

Xususan, Barqaror rivojlanish maqsadlarini hayotga tatbiq etish bo‘yicha parlament nazorati mexanizmining ijobiy amaliyoti yo‘lga qo‘yilgani, 16 yo‘nalish bo‘yicha xalqaro standartlarni inobatga olgan holda milliy qonunchilik va tashkiliy-huquqiy bazani mustahkamlash, institutsional asoslarni rivojlantirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotgani aytib o‘tildi.

O‘z navbatida Gvi Yeop Son xonim samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirib, Global kun tartibidagi Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishda O‘zbekistonning sa’y-harakatini e’tirof etdi.

Konstruktiv va amaliy ruhda kechgan muloqotda xavfsizlik, barqaror rivojlanish, inson huquqlarini himoya qilish va rag‘batlantirish, shuningdek, tinchlikni mustahkamlash borasidagi global muammolarni hal etishga qaratilgan hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.

O‘zA

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net