Ayollarni agrotadbirkorlikka jalb etishga qaratilgan loyiha

25.08.2022 11:24

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Orolbo‘yi xalqaro innovatsiya markazida Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamda O‘zbekiston “Agrar soha ayollari” uyushmasi bilan hamkorlikda aholini, ayniqsa ayollarni agrotadbirkorlikka jalb etishga qaratilgan konferensiya tashkil etildi.

Ta’kidlanganidek, Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) hamda O‘zbekiston “Agrar soha ayollari” uyushmasi o‘rtasida joriy yilning aprel oyida “Orolbo‘yi mintaqasidagi ayollarni agrotadbirkorlikka jalb etish orqali salohiyatini kuchaytirish, chiqindilardan innovatsion usulda kompost tayyorlash, sho‘rlangan yerlarni samaradorligini oshirish va hudud ekologiyasini yaxshilash” mavzusida grant loyihasi imzolangan edi.

Qishloq xo‘jalik mahsulotlari ishlab chiqarishda aholi tomorqalari va shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari muhim o‘rin tutib, bunda xotin-qizlarning o‘rni  beqiyosdir.

Loyihani amalga oshirishdan maqsad Orolbo‘yi mintaqasida ekologik muhitni yaxshilashga ko‘maklashish, sho‘rlangan yerlarda tuproq unumdorligini va chiqindilardan unumli foydalanish orqali tomorqa yerlarining samaradorligini oshirish, ekologiya va tabiatni asrashda mintaqa aholisining mas’uliyatini kuchaytirishdan iborat. Shuningdek, yerlarning unumdorligini oshirishda innovatsion usullarda tayyorlanadigan kompostdan foydalanish bo‘yicha ko‘nikma hosil qilish, olingan tajribani ommalashtirish, yangi usulda tayyorlangan kompost (organik o‘g‘itdan) foydalanishni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.

Germaniya Xalqaro Jamiyati va O‘zbekiston “Agrar soha ayollari” tomonidan Orolbo‘yi mintaqasidagi ayollarni agrotadbirkorlikka jalb etish, dehqonchilik va chorvachilik yo‘nalishida zamonaviy bilimlar berish, ularni innovatsion, tejamkor  texnologiyalardan, mavjud yer-suv resurslaridan samarali foydalanish usullaridan xabardor qilish maqsadida  joylarda seminarlar tashkil etilmoqda.

Ma’lumki, ekologik masalalar mamlakatimiz, ayniqsa Orolbo‘yi mintaqasi uchun nihoyatda muhim. Shu bois seminarlarda ekologik vaziyatni yaxshilashda aholi tomorqalari, shaxsiy yordamchi xo‘jaliklar egalarining mas’uliyatini oshirish barobarida zaruriy bilim va ma’lumotlar berildi.

Dovud Abibullayev, O‘zA

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net