Adabiyot bayrami boshlanmoqda

17.08.2022 14:03

Respublikamizning turli hududlarida yashab, badiiy ijod bilan shug‘ullanayotgan iste’dodli yosh ijodkorlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida har yili o‘tkazilib kelinayotgan Zomin Yosh ijodkorlar seminari mamlakat adabiy hayotida, adabiy jarayon va jamoatchilik orasida, ayniqsa yosh ijodkorlar uchun nufuzi va maqomiga ko‘ra tom ma’noda chinakam adabiyot bayramiga aylangan.

Har yili yurtimizning so‘lim go‘shalaridan biri bo‘lmish Zomin tog‘larida o‘tkazilib kelinayotgan ushbu seminar “O‘riklisoy” oromgohida kapital ta’mirlash ishlari olib borilayotgani bois bu yil Do‘rmon ijod bog‘ida 17-18- 19 avgust kunlari o‘tkazilishi belgilangan. 

Seminar ishtirokchilari bugun ertalabdan so‘z mulkining sultoni bo‘lmish hazrat Alisher Navoiy bobomiz haykali poyiga gul qo‘yishdi va ayni paytda Adiblar xiyoboni bilan tanishtirilmoqda. 

Bugun soat 14:00da seminarning ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi va sho‘’ba mashg‘ulotlari boshlanadi. 

 

Oydin YO‘LDOSHEVA, O‘zA

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net