2024 yilda Buxoro viloyatidai kkita shamol elektr stansiyasi ishga tushiriladi

19.12.2022 09:39

/“Dunyo” AA/. Buxoro viloyatida umumiy quvvati 1 GVt bo‘lgan ikkita shamol elektr stansiyasi qurilayotir, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Energetika vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, viloyatning G‘ijduvon va Peshku tumanlarida har birining quvvati 500 megavatt bo‘lgan 2 ta shamol elektr stansiyasi qurilmoqda.

Stansiyalar ishga tushirilganidan so‘ng yiliga 3,6 milliard kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi.

Natijada yiliga 1,1 milliard metr kub tabiiy gaz tejalishiga erishiladi.  

Stansiyalar 2024 yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.  

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net