2023 yil yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasida kambag‘allik ko‘rsatkichlarini baholash (+infografika)

07.02.2024 02:29

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi Statistika agentligi va Jahon banki bilan birgalikda O‘zbekistondagi monetar kambag‘allik darajasini baholadi. 2023 yilda mamlakatda kambag‘allik darajasi 3,1% bandiga pasaygani qayd etildi. 

O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilda O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 11,0%gacha pasaygan.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi tomonidan respublika bo‘yicha viloyatlar kesimida uy xo‘jaliklari byudjeti kuzatuvi ma’lumotlari asosida 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston aholisi turmush darajasi holatidagi o‘zgarishlar tahlilini o‘tkazdi.
Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda kambag‘allik darajasining hisoblash uslubi Jahon banki tavsiyalari asosida 2021 yilda qayta ko‘rib chiqilgan.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2021 yilda o‘tkazilgan so‘rovda 10 mingga yaqin uy xo‘jaliklari ishtirok etgan va 2022 yilda qamrov 14 mingdan oshgan bo‘lsa, 2023 yil davomida mamlakat bo‘ylab 16 mingdan ortiq oila o‘rganilgan.

gkjsdvmlMSDLvdsv

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi
So‘nggi yillarda o‘zbekistonda kambag‘allik darajasi sezilarli darajada o‘zgargan. Xususan, 2022 yilda kambag‘allik darajasi 17%dan 14%gacha kamaygan bo‘lsa, 2023 yilda bu ko‘rsatkich 11%gacha tushdi va 1 million aholi daromadi belgilangan kambag‘allik chegarasida oshgani qayd etildi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, kambag‘allik darajasining sezilarli pasayishi Sirdaryo – 6 f.p., Andijon – 5,5 f.p. viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 6,3 f.p.ga qayd etilgan.

fjasnjnasoslc

Aholi jon boshiga daromad
Aholi daromadlari tarkibining asosiy qismini ish haqi, keksalik pensiyalari va ijtimoiy yordamlar, qishloq xo‘jaligidan olinadigan daromadlari tashkil etadi.
2022 yilga nisbatan pensiya va ijtimoiy nafaqalardan olinadigan jami daromadlar o‘rtacha 12%ga, qishloq xo‘jaligidan olinadigan daromadlar 6%ga oshdi. Kichik biznesdan olingan daromadlar o‘rtacha 1,7 barobar oshdi.
Ta’kidlash joizki, tahlillar natijadariga ko‘ra so‘nggi uch yil davomida aholi daromadlari tarkibida ish haqining ulushi 70,2%dan 62,7%ga pasaydi va kichik biznesdan olinadigan daromadlar ulushi esa 0,7%dan 2,9%ga oshdi.
O‘zbekistonda kambag‘allik darajasini baholash 2020 yildan boshlab doimiy ravishda olib borilmoqda va aholining turmush darajasi, sharoitlari va sifati to‘g‘risidagi muhim ma’lumotlarning manbai hisoblanadi, shuningdek, mamlakatdagi monetar kambag‘allik darajasini baholashning yagona axborot manbai hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasida kambag‘allikni o‘lchash sohasidagi istiqbolli yo‘nalishlaridan biriga ko‘p o‘lchovli kambag‘allik indeksini hisoblashning milliy statistika amaliyotiga joriy etilishi hisoblanadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net