Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida «Ispaniya – O?zbekiston va Markaziy Osiyo» birinchi adabiy festivali bo?lib o?tadi

15.12.2022 11:18

/“Dunyo” AA/. 19 dekabr kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida asarlari dunyoning 22 tiliga tarjima qilingan mashhur ispan yozuvchisi Xavyer Moro «Ispaniya – O‘zbekiston va Markaziy Osiyo» birinchi adabiy festivalini ochib beradi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” muxbiri.

Festivaldan ko‘zlangan asosiy maqsad O‘zbekiston tarixiy merosini adabiyot orqali Ispaniya va Yevropada, shuningdek, ispan tilida so‘zlashuvchi mamlakatlar o‘rtasida ommalashtirish bilan izohlanadi.

Xavyer Moro ushbu adabiy bayram XV asrda Amir Temur saroyiga tashrif buyurgan ispan elchisi Ruy Gonsales de Klavixo sharafiga bag‘ishlanishini taʼkidladi. Samarqanddagi Amir Temur maqbarasi yonidagi ko‘chalaridan biriga nomi berilgan ispan diplomati Sohibqironning hayoti va faoliyati, uning saltanati yerlarini tavsiflovchi «Samarqandga sayohat» kundaligini yozgani tarixdan maʼlum. Ushbu asar «Kastiliyadan Samarqandga diplomatik missiya» nomi bilan ham mashhurdir.

Xavyer Moro - real voqealiklarga asoslangan romanlari bilan tanilgan ispan yozuvchisidir. Uning «Hind ehtirosi» va «Qizil sari» kabi romanlari ispan dunyosini Hindistonga olib kirdi. 2011 yilda Xavyer Moro Braziliya imperatori Pedro I haqidagi «Imperiya bu sensan» kitobi  uchun ispan tilida yozilgan eng yaxshi asarlarga beriladigan nufuzli “Planeta” adabiy mukofoti bilan taqdirlangan.

Xavyer Moro o‘zining asarlari orqali turli davlat va xalqlar madaniyatini targ‘ib qiladi. Chunki uning kitoblari orqali o‘quvchilar turli mamlakatlarga o‘ziga xos sayohat qilishi mumkin.

Tadbir o‘zbek xalqi ispan yozuvchilari asarlari ko‘magida Ispaniya va Lotin Amerikasi mamlakatlariga o‘ziga xos sayohat qilishi, ispanlar va lotin amerikaliklar esa O‘zbekiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari bilan yaqindan tanishishiga xizmat qiladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net