ITIM: Xorazm viloyatining soʻnggi olti yildagi ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishi

14.06.2023 17:35

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) ekspertlari 2017-2022-yillarda amalga oshirilgan faol islohotlar jarayonida Xorazm viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi asosiy oʻzgarishlarni taqdim etdi.

ITIM maʼlumotiga koʻra, 2017-2022-yillar davomida viloyat yalpi hududiy mahsuloti (YAHM) hajmi 32 foizga oshib, 32,0 trillion soʻmni tashkil etdi va aholi jon boshiga 16,5 million soʻmdan toʻgʻri keldi. Hisobot davrida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 4,1 trillion soʻmdan 18,3 trillion soʻmga (real oʻsish 1,7 baravar) oshdi va YAHMdagi ulushi 16,6 foizdan 21,3 foizga yetdi. Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish 1,7 baravarga, yaʼni 9,4 trillion soʻmdan 24,6 trillion soʻmga yetdi. Viloyat aholisi soni qariyb 2 million kishiga yetdi.

Ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash va tadbirkorlik subyektlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar natijasida viloyatda faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni 20,2 mingdan 31,0 mingga yetdi va 1,5 baravarga oshdi.

Bu esa oʻtgan davrda viloyatda 155 mingga yaqin yangi ish oʻrinlari yaratilishiga hamda 3,5 millirad dollar investitsiyalar oʻzlashtirilishiga imkon berdi. Viloyatdagi 69 mahalla ishsizlikdan holi hududga aylandi.

Tashqi savdoni erkinlashtirish, tadbirkorlik subyektlarining eksport faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirishga qaratilgan choralar natijasida viloyatning eksporti hajmi 245 million AQSH dollariga yetdi va 2 baravarga koʻpaydi.

Aholi turmush sharoitini yaxshilash maqsadida oxirgi 6 yil davomida 34,4 kilometr gaz quvurlari va 4 133 kilometr suv taʼminoti tarmoqlari hamda 30 kilometr avtomobil yoʻllari yotqizildi.

Yangi ijtimoiy infratuzilma obyektlarini barpo kilishga alohida eʼtibor qaratilib, viloyatda 5 139 ming kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirildi, maktabgacha taʼlim muassasalarida 18,2 ming, maktablarda 53,8 ming, 1,7 ming shifoxona oʻrinlari foydalanishga topshirildi. Oʻtgan davrda 424 ta koʻp qavatli uylar qurilib, 11 mingdan ziyo oila yangi kvartiralarga koʻchib oʻtdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net