ITIM: Qoraqalpogʻistonning 2017-2022-yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi

15.06.2023 17:25

Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) ekspertlari 2017-2022-yillarda amalga oshirilgan faol islohotlar jarayonida  Qoraqalpogʻiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishidagi asosiy oʻzgarishlarni taqdim etdi.

ITIM maʼlumotiga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasi yirik tabiiy, mineral va qishloq xoʻjaligi resurslari, mehnat salohiyati, yoʻl, transport va muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlari, sanoat infratuzilmasi, qulay geografik joylashuvi va katta hududiga ega.

Mazkur davrda aholi soni 7,3 foizga, yalpi hududiy mahsulot (YAHM)  hajmi  37,1 foizga (29,9 trillion soʻmga,),  sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 6,8 trillion soʻmdan 17,8 trillion coʻmga oshib, (real hajmi 21,3 foizga) oshdi.

Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari ishlab chiqarishda hajmi 24 foizga, 2022-yilda 14,4 trillion soʻmga oshdi.

Hududda faoliyat koʻrsatayotgan korxonalar soni 2017-yildagi 19,2 mingdan 2022-yilda 30,3 mingga, yaʼni 58 foizga oʻsdi.

Mazkur davrda infratuzilmani rivojlantirishga katta eʼtibor qaratilib, 2017-2022-yillarda 2943 km suv taʼminoti tarmoqlari va 90,8 km gaz quvurlari foydalanishga topshirildi.

Aholiga munosib turmush sharoitlari yaratishda uni uy-joy bilan taʼminlash vazifasini hal etish muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, 6-7 yil mobaynida viloyatda 5308 ming kvadrat metr uy-joy foydalanishga topshirildi, maktabgacha taʼlim muassasalarida 19,5 ming yangi oʻrin, maktablarda 118 ming yangi oʻquv oʻrni yaratildi.

Ushbu  davrda mobaynida Qoraqalpogʻiston Respublikasida 157 mingga yaqin ish oʻrni tashkil etildi, shuningdek, umumiy qiymati 4,8 milliard dollarlik investitsiya loyihalari amalga oshirildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net