Isteʼmolchilarning avtobenzin mahsulotlariga bo?lgan ehtiyojini taʼminlash va ularning narxlarini barqarorlashtirish vazifalari tasdiqlandi

13.12.2022 11:20

/“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Prezidenti «Kuz-qish mavsumida isteʼmolchilarni avtobenzin mahsulotlari bilan uzluksiz taʼminlash va ularning narxlari keskin oshishining oldini olish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorini imzoladi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Hujjatda kuz-qish mavsumida isteʼmolchilarning avtobenzin mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojini o‘z vaqtida taʼminlash, ularning narxlarini barqarorlashtirish hamda aholining ortiqcha sarf-xarajatlarini qisqartirish maqsadida bir qator vazifalar belgilandi.

Xususan, 2022 yil 10 dekabrdan 2023 yil 1 martga qadar import qilinadigan, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqariladigan va tadbirkorlik subyektlari tomonidan yakuniy isteʼmolchilarga sotiladigan AI-80 rusumli avtobenzin mahsuloti uchun, istisno tariqasida, aksiz solig‘ini “nol” stavkada qo‘llaniladi.

 Qarorga muvofiq,  2022 yil 10 dekabrdan 2023 yil 1 aprelga qadar Energetika vazirligi huzuridagi Neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi hamda Elektr energetikasida nazorat inspeksiyasi tomonidan Biznes-ombudsman bilan kelishmasdan tadbirkorlik subyektlarini ularning moliyaviy-iqtisodiy faoliyatiga aralashmagan holda energiya resurslaridan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlari bo‘yicha tekshirishga ruxsat berilmoqda.

Bundan tashqari, davlatimiz rahbari qarori bilan qazib oluvchi (gazni qayta ishlovchi, ishlab chiqaruvchi) tashkilotlar tomonidan neft va gaz kondensatini ichki bozorda ishlab chiqaruvchilarga faqat birja savdolari orqali realizatsiya qilish talabi bekor qilindi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net