XORAZM VILOYATI DELEGATSIYASI TURKIYADA MUZOKARALAR O?TKAZDI

11.05.2019 14:30

Xorazm viloyati delegatsiyasi Turkiyaning Adana, Antaliya va Istambul shaharlarida bo‘lib, o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada faollashtirishga qaratilgan muzokaralar o‘tkazdi.

Adana viloyati va shahri rahbariyati bilan uchrashuv chog‘ida ikki viloyat o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, sanoat mahsulotlari ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida kooperatsiya aloqalarini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.

Adana viloyati gubernatori M.Demirtash O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan izchil islohotlar Turkiya tadbirkorlarining O‘zbekistonga investitsiya kiritishga qiziqishi oshishiga sabab bo‘layotganini alohida ta’kidladi.

Adanada o‘tkazilgan tadbirlarda qator amaliy kelishuvlarga erishildi. Xususan, “ASKON” tadbirkorlar uyushmasida Xorazm-Turkiya ishbilarmonlar uyushmasini tashkil qilish taklifi ma’qullandi. Shuningdek, viloyat sanoat palatasi, tijorat palatasi, tijorat birjasi va sanoat zonasi tomonidan tashkil qilingan biznes-forumda investitsiya loyihalarini amalga oshirish va savdo-iqtisodiy aloqalarini rivojlantirish istiqbollarini muhokama qilish maqsadida 150 tadbirkorlik sub’ekti vakillarining O‘zbekistonga tashrif buyurishiga kelishib olindi.

Xorazm viloyati delegatsiyasi a’zolari meva ko‘chatlarini yetishtirishga ixtisoslashgan “Beta Fidan” kompaniyasi, suv tozalash tizimlari va filtrlarini ishlab chiqaruvchi “Arc Su Aritma Teknolojileri” kompaniyasi, poyafzal ishlab chiqaruvchi “Tur Ayakkabi”, to‘qimachilik mahsulotlarini ishlab chiqaruvchi “Kıvanç Tekstil”, tovuq go‘shtini qayta ishlovchi “Beyza Piliç”, chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi “Güneşer Et Gıda Tarım Ürünleri Sanayi ve Ticaret Ltd. Şti.”, polimer mahsulotlar ishlab chiqaruvchi “Abdioğulları Plastik ve Ambalaj Sanayi A.Ş”, alyumin kompazit panellar ishlab chiqaruvchi “Zahit Alüminyum”, tibbiy-gigiyenik vositalarni ishlab chiqaruvchi “Halk Hijyenik” kompaniyalari faoliyati bilan yaqindan tanishdi va muzokaralar o‘tkazdi.

Antaliya shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda viloyat gubernatori M.Karaloglu O‘zbekistonda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan borilayotgan islohotlar, tadbirkorlik sub’ektlari uchun berilayotgan imtiyozlar va preferensiyalar hamda turizm sohasida yaratilayotgan zamonaviy sharoitlarga yuqori baho berdi. Xorazm va Antaliya viloyatlari o‘rtasida sayyohlikni rivojlantirish borasidagi hamkorlik aloqalarini mustahkamlash bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

Shuningdek, mazkur viloyat tadbirkorlari bilan biznes-forum tashkil etildi. Antaliya sanoat zonasi va “Xazorasp” erkin iqtisodiy zonasi o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish, sabzavot mahsulotlarining urug‘larini yetishtirish bilan shug‘ullanadigan “Yüksel Tohum” kompaniyasi bilan qo‘shma korxona tashkil etishga kelishib olindi.

Antaliyaning turli sohalarga ixtisoslashgan qator yetakchi korxonalari faoliyati bilan tanishuv jarayoni ham samarali bo‘ldi.

Istambul shahrida “TÜRSAB” turistik agentliklar uyushmasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan turizmni yanada rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlar, ushbu sohada chet el sarmoyadorlari uchun yaratilgan qulay sharoitlar haqida so‘z yuritildi. Uyushma prezidenti F.Bag‘likaya O‘zbekiston sayyohlik salohiyatiga alohida urg‘u berib, u rahbarlik qilayotgan tashkilot Xorazmda turizmni yanada rivojlantirishda o‘z hissasini qo‘shishga tayyorligini bildirdi. Xususan, turkiyalik turistlarning O‘zbekistonga oqimini ko‘paytirish uchun reklama faoliyatini kengaytirish, mehmonxona xodimlarining malakasini oshirish va turizm infratuzilmasini takomillashtirishga amaliy yordam ko‘rsatiladi.

Tashrif dasturi doirasida Adana xalqaro teatr festivalida Xorazm musiqali drama teatri ijodiy guruhi “Sulton Jaloliddin” spektakli bilan qatnashdi.

Xorazm viloyati delegatsiyasining tashrifi Turkiya ommaviy axborot vositalari tomonidan keng yoritib borildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net