TURKIYA O?ZBEKISTONGA SARMOYA KIRITISH BO`YICHA YETAKCHI O`RINLARDA

19.07.2019 11:13

ANQARA, 19 Iyul. (“Dunyo” AA). Turkiya Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini birinchi bo‘lib tan olgan. 1996-yilda mamlakatlarimiz o‘rtasida Abadiy do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolangan.

 

 

 

 

Bu hamkorlik, ayniqsa, mamlakatimiz uchun ustuvor bo`lgan yo`nalish – milliy iqtisodiyotimizga sarmoyalarni jalb qilish sohasida ham jadal sur`atlarda rivojlanib bormoqda. Davlatlarimiz o`rtasidagi o`azro foydali sherikchilikning ushbu jihatini tahlil qilarkan Anqara Ijtimoiy bilimlaruniversitetining “Xalqaro munosabatlari fakulteti katta o`qituvchisiTurkiya Prezidenti huzuridagi Tashqi aloqalar va xalqaro hamkorlikkengashi a`zosiprofessor Akif Kirechchi quyidagilarga e`tibor qaratdi:

 - So’nggi yillarda O‘zbekistonda hamda Turkiya o’rtasidagi munosabatlarda yangi sahifa ochildi, aloqalar strategik sheriklik darajasiga koʻtarildi. Joriy yilda Anqarada oliy darajadagi Oʻzbekiston–Turkiya strategik sheriklik kengashi birinchi yigʻilishining oʻtkazilishi koʻp qirrali munosabatlarning yanada rivojlanishiga xizmat qiladi. Bunda Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Rejep Tayyip Erdo’g’onning siyosiy irodasi, qat’iyati muhim asos bo’ldi, albatta. Ikki mamlakat rahbarlari o’rtasidagi do’stona aloqalar, muntazamlik kasb etayotgan uchrashuvlar, samimiy muloqotlar o’zaro hamkorlik rivojiga katta turtki bermoqda.

 Bugungi kunda savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va gumanitar sohalarda yirik qoʻshma loyihalar amalga oshirilmoqda. O‘zbekistonda Turkiyaning Ziraat Banki A.S. faoliyat olib bormoqda. Bu borada sarmoyaviy hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonda Turkiyaning yetakchi kompaniyalari ishtirokida qo‘shma investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish, eng avvalo, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida mineral va xom ashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil qilish ishlari bundan keyin ham rag‘batlantirib borilishi har ikki tomon uchun ham manfaatli.

 Shuni ta`kidlash mumkinki, hozirgi kunda o‘zbek iqtisodiyotiga sarmoya kiritish bo`yicha Turkiya xorijiy davlatlar orasida yetakchi o`rinlardan birini egallab kelmoqda. O‘zbekiston mustaqillikka erishgan yillardan to 2017 yilgacha bo`lgan davrda ushbu mamlakatga Turkiyadan kiritilgan to`g`ridan-to`g`ri investittsiyalar hajmi 1,3 milliard AQSh dollarni tashkil etgan edi. Hozirda mamlakatlarimiz o`rtasida ishlab chiqilayotgan yangi sarmoyaviy loyihalarning umumiy hajmi bu ko`rsatkichning ikki barobaridan ko`proqni tashkil etib, 3,5 milliard AQSh dollardan oshib ketdi. So`nggi ikki yil ichida, tabir joyiz bo`lsa, aytish mumkinki, o`rtacha hisobda O‘zbekistonda har bir ish kuni Turkiya sarmoyasi ishtirokidagi yangi bir korxona ochilmoqda.

 Misol uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasining rasmiy ma`lumotiga k`ora, faqatgina 2019 yilning yanvar-iyun oylaridagina mamlakatda Turkiya kapitali ishtirokidagi yangi tashkil etilgan korxonalarning soni 231 taga yetgan. Fahr bilan e`tirof etish mumkinki, bu ko`rsatkich bo`yicha Turkiya butun dunyo mamlakatlari ichida Rossiya va Xitoydan keyin uchinchi o`rinda turibdi. Yevropa va NATO davlatlari va Arab-musulmon mamlakatlari orasida esa, – birinchi o`rinda. Turkiya, misol uchun olib aytganda, O‘zbekistonda Janubiy Koreyadan ikki barobar ko`proq korxona ochgani ko`rinib turibdi. Turkiya firmalarini O‘zbekistonda ochilishi 2017 yildan buyon juda jadal sur`atlarda rivojlanmoqda. O‘zbekistonda 2016 yilga qadar 441 turk sarmoyasi ishtirokidagi firma hamda kompaniyalar faoliyat yuritgan bo`lsa, bugungu kunda bu ko`rsatkich ikkibarobardan ko`proq oshi, 1200ga yaqinlashib qoldi.

 Albatta, xorijiy sarmoya ishtirokidagi har bir korxona yangi ish joylari demakdir, iqtisodiy faoliyat uchun yangi bir mexanizm demakdir. Shu bilan birgalikda, bu xalqlarimiz, davlatlarimiz o`rtasidagi do`stona aloqalarni kuchlantiruvchi muhim omil hamdir. Biz bu kabi hamkorligimizni davom ettirishga, uni yanada rivojlantirishga tayyormiz. Joriy yilning 22-23 iyyulida Anqara shahrida bo`lib o`tadigan O‘zbekiston va Turkiya o'rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo'yicha Hukumatlararo komissiyasining beshinchi yig'ilishining asosiy maqsadlaridan biri ham bu imkoniyatlardan to`la foydalanishga qaratilgan.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net