TOSHKENT YIRIK ANJUMANGA MEZBONLIK QILMOQDA

15.01.2020 10:16

TOShKENT, 15 yanvar. /“Dunyo” AA/. Poytaxtimizdagi “Wyndham Tashkent” mehmonxonasida Birinchi Yevropa va Osiyo mamlakatlari iste'molchilar forumi o‘z ishini boshladi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri O‘zA ma'lumotiga tayanib.

 

 

 

O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan Xalqaro iste'molchilar konfederatsiyasi hamda “Yuksalish” umummilliy harakati hamkorligida tashkil etilgan anjumanda Yevropa va Osiyo qit'alaridagi 30 ga yaqin davlatdan 250 dan ziyod mutaxassis ishtirok etmoqda.

 

 

 

Tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘ycha maslahat kengashi raisi, Inson huquqlari O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov ochdi.

 

Forumdan ko‘zlangan maqsad iste'molchilar huquqlarini himoya qiluvchi xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyatining turli institutlari yetakchi vakillari, davlat va jamoat arboblari, yetakchi ekspertlar ishtirokida sohaning dolzarb muammolari, yangicha tamoyillar, elektron tijorat va turizm sohalarida iste'molchilar huquqlarini himoya qilish masalalarini muhokama etish, globallashuv sharoitida yo‘nalishga doir xalqaro hamkorlik istiqbollarini belgilab olish, o‘zaro tajriba almashish, muhim taklif, tashabbuslarni ilgari surishdan iborat.

 

 

 

Anjuman doirasida O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining xalqaro munosabatlarini mustahkamlash masalalari ham diqqat markazida bo‘ladi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net