Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish jarayoni boshlandi

27.02.2024 02:57

www.iift.uz sayti orqali 2024-yil 25-aprelgacha TXIF-2024 uchun onlayn roʻyxatdan oʻtish mumkin.

Joriy yilning 2-3-may kunlari uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi (TXIF-III) boʻlib oʻtadi.

Investitsiyalar, sanoat va  savdo vazirligi  maʼlumotiga koʻra, TXIF – bu nafaqat Oʻzbekiston, balki butun mintaqa uchun muhim tadbir hisoblanadi. Anʼanaga muvofiq, uning dasturiga davlat rahbari darajasidagi yalpi majlis, turli masalalar muhokamasiga bagʻishlangan ekspertlarning 50 dan ortiq uchrashuvlari, jumladan panel munozaralari, davra suhbatlari va b2b muzokaralari kiritilgan.

Forumning har bir ishtirokchisi hamkorlar bilan manfaatlar kesishadigan nuqtalarini topishi, muayyan investitsiya loyihalarini oʻrganishi, oʻnlab yoʻnalishlarda roʻy berayotgan soʻnggi tendensiyalarni muhokama qilishi va istiqbolli takliflarni qabul qilishi mumkin boʻladi.

Forum kun tartibida dunyodagi iqtisodiy turbulentlik fonida barqaror oʻsish surʼatlarini namoyish etayotgan, bosqichma-bosqich Markaziy Osiyoning haqiqiy investitsiya markaziga aylanib borayotgan Oʻzbekistonning salohiyatini namoyon etish alohida oʻrin tutadi. Yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, tadbirkorlik faoliyati uchun yaratilgan qulay sharoitlar, jumladan, salmoqli imtiyoz va preferensiyalar, investorlar huquqlarining kafolatlangan himoyasi investorlarning qiziqishini oshirmoqda.

Forum miqyosi va geografiyasi yildan-yilga oshib bormoqda:

– TXIF – 2022 (birinchi forum) forumiga 56 davlatdan 2 mingdan ortiq yirik investorlar va yuqori martabali mehmonlar tashrif buyurdi. 

– TXIF – 2023 esa oʻz maydonida 70 mamlakatdan 2500 ishtirokchini jamladi. Forum natijalarga koʻra, 11 milliard dollarlik 164 hujjat imzolandi.

2024-yilda Toshkent sayyoramizning barcha qitʼalaridan yanada koʻproq mehmonlar – investorlar, rasmiylar va tahlilchilarni qabul qilishi kutilmoqda.

www.iift.uz sayti orqali 2024-yil 25-aprelgacha onlayn roʻyxatdan oʻtish mumkin.

“Dunyo” AA

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net