TOSHKENT SHAHAR HOKIMI GUANDUN PROVINSIYASINING VITSE-GUBERNATORI BILAN UCHRASHDI

15.01.2020 10:15

TOShKENT, 15 yanvar. /“Dunyo” AA/. Guanchjou shahrida bo‘lib o‘tgan uchrashuv do‘stona aloqalarni yanada mustahkamlashga qaratildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizmati ma'lumotiga tayanib.

 

Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaev Xitoy tomoniga samimiy qabul va mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirib, O‘zbekistonda Xitoy bilan strategik sherikchilik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlari yuksak qadrlanishini ma'lum qildi.

 

Bugun mamlakatimizda Guandun provinsiyasining “Huawei”, “ZTE” kompaniyalari muvaffaqiyatli faoliyat olib bormoqda. “Midea”, “Gree” va “TCL” kompaniyalarining mahsuloti keng tarqalgan.

 

Uchrashuvda Guandun kompaniyalari ega bo‘lgan yuqori tajriba va ilg‘or texnologiyalarni Toshkentdagi ishlab chiqarish jarayonlariga tatbiq etish taklifi bildirildi.

 

J.Ortiqxo‘jaev O‘zbekistonda turistlar uchun yaratilgan qulaylik va imkoniyatlarga to‘xtalib, bu sohada ham o‘zaro aloqalarni rivojlantirish muhimligini qayd etdi.

 

Guandun provinsiyasining vise-gubernatori Chjan Sin o‘z navbatida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi aloqalar Buyuk ipak yo‘li orqali azaldan rivojlangani hamda xitoyliklar o‘zbek xalqi bilan har tomonlama hamkorlikni yuksak qadrlashi, endilikda sanoat, savdo-sotiq, ta'lim, fan hamda boshqa sohalardagi aloqalar yangi pog‘onaga ko‘tarilishini qayd etdi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net