TOSHKENT SHAHAR HOKIMI COUNTRY GARDEN HOLDINGS KOMPANIYASI RAHBARIYATI BILAN UCHRASHDI

15.01.2020 10:17

TOShKENT, 15 yanvar. /“Dunyo” AA/. Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jaevning Country Garden Group xamda Bright Dream Robоtics kompaniyalari vise-prezidenti Szyanmin Dju bilan muloqoti bunyodkorlik va qurilish sohasidagi loyihalarga investisiya kiritish bilan bog‘liq bo‘ldi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma'lumotiga tayanib.

 

Uchrashuvda Szyanmin Dju xolding tomonidan amalga oshirilgan loyihalarga e'tibor qaratib, ularning soni bugungi kunda 700 dan ortganligini qayd etdi.

 

Jahongir Ortiqxo‘jaev O‘zbekistonda va uning poytaxtida keng ko‘lamli binokorlik ishlari bajarilayotganligi haqida ma'lumot berib, bu borada Country Garden Holdings kompaniyasining tajribasidan foydalanish hamda investisiyalarini jalb qilish taklifini bildirdi.

 

Uchrashuvda Xitoy tomoniga Toshkentda qurilishi rejalashtirilgan bino va inshootlar haqida ma'lumot berildi va bu yo‘nalishdagi loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalasi muhokama etildi.

Garden Holdings turar joy binolari, savdo majmualari, ofislar va mehmonxonalarni qurish va keng ko‘lamli bunyodkorlik loyihalariga investisiya kirituvchi dunyodagi yirik kompaniyalardan biridir.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net