TDT Samarqand sammiti arafasida: xalqaro transport aloqalari – istiqbolli yoʻnalishlar

08.11.2022 10:29

2022-yil 11-noyabr kuni Samarqandda Turkiy davlatlar tashkilotining birinchi sammiti boʻlib oʻtadi. 

“Yaqin kunlarda koʻhna va hamisha navqiron Samarqand shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining oliy darajadagi birinchi sammiti oʻz ishini boshlaydi, - deb yozadi ekspert. - Davlat rahbarlari darajasidagi mazkur sammitlar Tashkilotning oliy tuzilmasi boʻlib, 2011-yildan boshlab har yili bir marotaba oʻtkazib kelinmoqda.

Oʻtgan yili Turkiyaning Istanbul shahrida boʻlib oʻtgan sammitda Turkiy kengash nomini Turkiy davlatlar tashkiloti deb oʻzgartirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan edi. Hozir tuzilma tarkibida Turkiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Ozarbayjon hamda Oʻzbekiston kabi mamlakatlar bor. Vengriya kuzatuvchi boʻlsa, Turkmaniston betaraf davlat sifatida uning doimiy mehmonidir.

Turkiy davlatlar tashkilotining maqsadi – aʼzo davlatlar oʻrtasida oʻzaro foydali hamkorlikni rivojlantirish. Asosiy vazifalari mintaqaviy va ikki tomonlama hamkorlikni ragʻbatlantirish, siyosiy, huquqiy muhofaza qilish, savdo-iqtisodiy, energetika, transport, bank moliya, madaniy-gumanitar kabi sohalar tashkil etadi.

Mazkur vazifalar oʻtgan yili 12-noyabr kuni Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sammitida Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan taklif etilgan “Turkiy dunyo nigohi – 2040” istiqbolli dasturiy hujjatda oʻz aksini topgan. Oʻshanda Shavkat Mirziyoyev tomonidan ilgari surilgan Turkiy davlatlar savdo hamkorligi boʻyicha tadqiqot markazini tashkil etish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun transport va tranzit masalalariga alohida eʼtibor qaratish, sanoat kooperatsiyasini kuchaytirish kabi takliflar bir ovozdan qoʻllab-quvvatlangan edi.

Hozir tashkilotning diqqat-markazida – aʼzo davlatlar oʻrtasida transport aloqalarini taʼminlash, bojxona va transport tartiblarini soddalashtirish masalalari turibdi. Oʻzbekiston Turkiy davlatlar tashkilotining mamlakatlari bilan transport va logistika sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishga alohida ahamiyat beradi. Zero, ushbu masala “Turkiy dunyo nigohi – 2040” strategik hujjatida alohida oʻrin tutadi. Bundan tashqari, asosiy eʼtibor mamlakatlar transport aloqalarini taʼminlash, bojxona va transport tartiblarini, jumladan, raqamlashtirish orqali soddalashtirishga qaratilmoqda.

Tadqiqotlar shuni koʻrsatmoqdaki, dengizga chiqish imkoniga ega boʻlmagan mamlakatlar transport xizmatlariga haq toʻlash uchun ikki baravar koʻp mablagʻ sarflaydi. Koʻp holda Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun transport xarajatlari import qilinadigan tovarlar qiymatining 60 foiziga yetadi.

Bugungi kunda Oʻzbekistonning eksport-import va tranzit aloqalari 9 ta xalqaro transport yoʻlaklari boʻylab amalga oshirilmoqda, ulardan 8 tasi kamida mazkur tashkilotga aʼzo bir mamlakat orqali oʻtadi. Oʻzbekiston bilan chegaradosh 5 mamlakatdan 2 tasi tashkilot aʼzosi (Qozogʻiston va Qirgʻiziston) va 1 tasi davlat kuzatuvchi maqomiga ega (Turkmaniston).

Hozir jahonning aksariyat davlatlari oldida koʻndalang turgan muammolar transport va bojxona sohalarida kuzatilmoqda. Shu bois ham tashkilotga aʼzo davlatlar boshqa davlatlarni ham bojxona tartib-taomillari soddalashtirilgan “Turkiy yoʻlakka” integratsiyalanishiga chaqirmoqda.

Negaki, Osiyo orqali asosiy jahon bazorlariga, jumladan, Xitoy, Hindiston, Pokiston va boshqa Osiyo mamlakatlariga, shuningdek, Ozarbayjon va Turkiyadan Yevropa davlatlariga chiqishni taminlash muhim ahamiyatga ega.

Bu yoʻnalishlarda transport yoʻlaklarini rivojlantirish logistika infratuzilmasini yaratish boʻyicha yirik loyihalarni birgalikda amalga oshirish umumiy manfaatlarimizga toʻla javob beradi. Tashkilotga aʼzo davlatlar raqamli texnologiyalarni joriy etishni kengaytirishga intilishi raqamlashtirish sohasida amaliy hamkorlikni yanada oshirish, jumladan, elektron mintaqalararo savdo va tovar birjasini birgalikda rivojlantirish boʻyicha saʼy-harakatlarni birlashtirish uchun sharoit yaratadi.

Raqamli yechimlarni Markaziy Osiyo mamlakatlarini Xitoy va Janubiy Osiyo mintaqasi bilan bogʻlashi mumkin boʻlgan quruqlik koʻprigiga aylantirishga imkon beradi. Bu esa, mintaqa davlatlarining global taʼminot zanjirlariga va xalqaro tranzit yuk tashuvlariga yanada chuqurroq integratsiyalashuvini taʼminlaydi”.

Iqtisodiyot fanlari doktori,

professor Mavluda Irisbekova

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net