Tadbirkorlar va eksportchilarni qo?llab-quvvatlash hamda O?zbekiston eksport salohiyatidan to?liq foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish vazifalari muhokama qilindi

06.12.2022 21:43

TOSHKENT, 6-dekabr. /“Dunyo” AA/. O‘zbekiston Bosh prokuraturasida Bosh vazir o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev raisligida tadbirkorlar va eksportyorlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va mamlakat eksport salohiyatidan to‘liq foydalanish chora-tadbirlarini amalga oshirish masalalari muhokamasiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi (ITSV) maʼlumotiga ko‘ra,  yig‘ilishda tegishli vazirlik va idoralar, tarmoq birlashmalari, tijorat banklari, mahalliy hokimliklar rahbarlari ishtirok etishdi.

Hududlar va tarmoqlar kesimida ishlab chiqaruvchilar va eksportyorlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar natijalari ko‘rib chiqildi. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, joriy yilning yanvar-noyabr oylari mobaynida 13 milliard dollarlik mahsulot va xizmatlar eksport qilindi. Shu bilan birga, eksportyor korxonalarning  aylanma mablag‘larini to‘ldirish uchun zarur kreditlar ajratish, ilgari to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘i summalarini qaytarish, kommunal xizmatlarga ulash va energiya resurslari bilan uzluksiz taʼminlash bo‘yicha masʼul rahbarlarning faoliyati yetarli darajada emasligi qayd etildi.

Hududlar va tarmoqlarning mavjud eksport salohiyatidan to‘liq foydalanish maqsadida eksportyorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash doirasida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yuzasidan korxonalarga biriktirilgan masʼul rahbarlarning hisobotlari tanqidiy ruhda tinglandi. Eksportga yetkazib berish hajmini oshirish maqsadida kundalik monitoringni amalga oshirish, tadbirkorlar bilan faol hamkorlik qilish va ularni o‘z vaqtida va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra, muhokama etilgan masalalar doirasida tegishli rahbarlarga qo‘shimcha maqsadli topshiriqlar berildi. Ularning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasiga yuklandi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net