SHVEYSARIYADA O?ZBEKISTON BILAN HAMKORLIK ISTIQBOLLARI MUHOKAMA QILINDI

14.06.2019 11:58

O‘zbekistonning Frankfurt-Mayn (GFR) shahridagi bosh konsulxonasi komagida Vintertur (Shveysariyashahrida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayoni hamda xorijlik tadbirkorlar faoliyati uchun yaratilayotgan qulay investitsiyaviy muhitga bag‘ishlangan axborot tadbiri tashkil etildi.

 

 

Unda O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Savdo-sanoat palatasi, To‘qimachilik sanoati uyushmasi hamda Shveysariya Iqtisodiy masalalar bo‘yicha davlat kotibiyati, Birlashgan savdo palatasi (BSP), Turizm uyushmasi, qator kompaniya va moliya institutlari vakillari qatnashdi.

 Tadbir doirasida Shveysariya Birlashgan savdo palatasi qoshida O‘zbekiston bilan aloqalar bo‘limining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Shveysariyaning “Rieter” kompaniyasi tomonidan yuritilishi belgilangan mazkur bo‘lim Markaziy Osiyo davlatlarining BSPdagi dastlabki rasmiy vakolatxonasi hisoblanadi.

 BSP raisi, “Burckhardt Compression” kompaniyasi ijrochi direktori Marsel Pavlichek O‘zbekiston bilan aloqalar bo‘limi ikki mamlakat ishbilarmonlari o‘rtasida samarali aloqalarni rivojlantirishda muhim ko‘prik bo‘lib xizmat qilishiga ishonch bildirdi.

 Vintertur shahri meri Maykl Kunsle bu kabi axborot tadbirlarini ko‘plab tashkil qilish zarurligi va o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy munosabatlarni yanada ravnaq toptirishni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanini ta’kidladi.

 O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi va Savdo-sanoat palatasi vakillari tadbir ishtirokchilariga mamlakatimizning savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy salohiyati, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish yo‘lida yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar, sarmoyadorlarni qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Farmatsevtika, turizm, to‘qimachilik, terini qayta ishlash va oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash sohalaridagi istiqbolli investitsion loyihalar taqdim etildi.

 Tadbirda mamlakatimiz bilan samarali hamkorlik qilayotgan “Schneider Group”, “Rieter” va boshqa kompaniyalar vakillari O‘zbekistonda xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar, tadbirkorlik sohasidagi ijobiy o‘zgarishlar haqida so‘zlab berdi, ishbilarmonlarni mamlakatimizda taklif qilinayotgan yangi loyihalarda faol qatnashishga chaqirdi.

 O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari yevropalik hamkorlar bilan “B2B” formatida muloqot o‘tkazdi. Unda istiqbolli qo‘shma investitsion loyihalarni moliyalashtirish, to‘qimachilik va meva-sabzavot mahsulotlarini Shveysariya bozoriga yetkazish va boshqa masalalar muhokama qilindi.

 Shuningdek, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Shveysariya Birlashgan savdo palatasi o‘rtasida 2019-2021 yillarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

 - So‘nggi yillarda O‘zbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoni jahon hamjamiyati, jumladan, shveysariyaliklar e’tiborini tortmoqda, - deydi Shveysariya Birlashgan savdo palatasi raisi, “Burckhardt Compression” kompaniyasi ijrochi direktori Marsel Pavlichek. – O‘zaro hamkorligimizni rivojlantirish maqsadida Toshkent shahrida O‘zbekiston-Shveysariya savdo-sanoat palatalari a’zolari ishtirokida navbatdagi biznes-forum o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Maqsadimiz mamlakatingizdagi o‘zgarishlar jarayoniga Shveysariyaning yirik kompaniyalari hamda o‘rta va kichik tadbirkorlik su’ektlarini faol jalb qilishdir.

 - O‘zbekiston rahbariyati iqtisodiyotni liberallashtirish va xorijiy investorlarni jalb etish yo‘lida qator muhim choralarni amalga oshirmoqda, - deydi “Herculis Partners SA” kompaniyasi rahbari, Shveysariya-MDH savdo palatasi vitse-prezidenti Jan-Pol Peria. - Shveysariya moliya institutlari va kompaniyalari e’tiborini, ayniqsa, mamlakatingizdagi xususiylashtirish jarayoni tortmoqda. Savdo palatamiz shu yil oktabr oyida shveysariyalik 30 ga yaqin tadbirkorning O‘zbekistonga safarini tashkil qilish, o‘zbekistonlik hamkorlar bilan ikki va ko‘ptomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qilishni rejalashtirmoqda.

 Tadbir ishtirokchilari e’tiboriga o‘zbek hunarmandchiligi namunalari ko‘rgazmasi havola etildi.

  

 

“Dunyo” AA,

Vintertur - Frankfurt-Mayn

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net