SAVDO-IQTISODIY ALOQALAR TARAQQIYOTGA XIZMAT QILADI

08.06.2019 11:09

O‘zbekistonda tashqi siyosatda, xususan, jahon hamjamiyati bilan savdo-iqtisodiy, madaniy-do‘stlik aloqalarini mustahkamlash va kengaytirishga qaratilayotgan e’tibor yuksak samara bermoqda.

Namanganda ish boshlagan “Doing business with Namangan – 2019” Xalqaro biznes forumining tantanali ochilish marosimida bu alohida ta’kidlandi. 

5.JPG

Bu “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlantirish yili” deb e’lon qilingan joriy yilda Namangan viloyatida xorijiy investitsiyalarni jalb qilishning eng zamonaviy va samarali mexanizmlarini joriy qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarda ham namoyon bo‘layotir. Prezidentimiz tomonidan Tashqi ishlar vazirligining Namangan viloyatiga xorijiy investitsiyalar kiritish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish uchun mas’ul etib biriktirilgani, mamlakatimizning 16 xorijiy davlatdagi elchilari investitsiya loyihalarini ishlab chiqish uchun viloyatning barcha shahar va tumanlarida ish olib borayotgani bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda.

18.JPG

Biznes forumning ochilishi marosimida xorijiy sarmoyadorlarga Namangan viloyatining tabiiy va ijtimoiy resurslari, iqtisodiy va investitsion salohiyati to‘g‘risida video taqdimotlar namoyish etildi.

19.JPG

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.Abduhakimov, Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari I.Ne’matov, Tashqi savdo va investitsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari A.Abdualiev, O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi A.Ikromov hamda Namangan viloyati hokimi X.Bozorov va boshqalar so‘zga chiqqan forum kunning ikkinchi yarmida o‘z ishini sessiyalarda davom ettirmoqda.

21.JPG

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net