SAUDIYA KOMPANIYASI DELEGATSIYASI TOSHKENT SHAHRIGA KELMOQDA

14.07.2019 16:29

Tashrif doirasida investitsiya loyihalari va mamlakatimiz meva-sabzavot mahsulotlarini Saudiya Arabistoni va boshqa qo‘shni davlatlarga eksport qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishish kutilmoqda.

 

TOSHKENT, 14 iyul. /«Dunyo» AA/. Toshkent shahriga “Ajlan & Bros” Holding Group (Saudiya Arabistoni) raisi shayx Muhammad bin Abdulaziz al-Ajlan boshchiligidagi delegatsiya kelyapti, deb xabar qilmoqda O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi ma'lumotiga tayanib “Dunyo” axborot agentligi.

 Tashrifni tashkillashtirgan O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi Elchixonasi bergan ma’lumotga ko‘ra “Ajlan & Bros” arab erkaklarining klassik kiyimlarini ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalardan biri bo‘lib, mamlakat ichkarisida va boshqa arab davlatlarida 45 ta filial va 200 ta ulgurji savdo punktlariga ega.

 “Ajlan & Bros” rahbariyatining tashrif dasturidan Toshkent shahrida Vazirlar Mahkamasida, Investitsiya va tashqi savdo vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, “O‘zto‘qimachisanoat” uyushmasi, “O‘zbekoziqovqatxolding” kompaniyasi rahbariyati, Andijon va Namangan viloyati hokimlari va boshqa potensial sheriklar bilan uchrashuvlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.

 Tashrif yakunlariga ko‘ra aniq investitsiya loyihalari va mamlakatimiz meva-sabzavot mahsulotlarini Saudiya Arabistoni va boshqa qo‘shni davlatlarga eksport qilish bo‘yicha kelishuvlarga erishish kutilmoqda.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net