Saudiya Arabistonining kompaniyasi Qoraqalpog?istonda umumiy quvvati 1500 MVt bo?lgan shamol elektr stansiyasini quradi

23.12.2022 11:23

“Dunyo” AA/.  Bugun Toshkent shahrida Saudiya Arabistonining «ACWA Power» kompaniyasi bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasida umumiy quvvati 1500 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnomalarni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda  “Dunyo” AA muxbiri.

Energetika vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, unda Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Xalid al-Falih, «ACWA Power»  kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan, O‘zbekiston Bosh vazirining o‘rinbosari, investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Jamshid Xodjayev,  energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov ishtirok etdi.

Ushbu yirik quvvatli shamol elektr stansiyasi 2026 yilda ishga tushiriladi va yiliga 5,2 mlrd kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqarishadi. Natijada yiliga 1,5 mlrd kub metr tabiiy gaz tejalishiga  erishiladi.

Ahamiyatli jihati shundaki, stansiyada 300 MVt/550 MVt-soat elektr saqlash kimyoviy batareyalari (akkumulyatorlar) o‘rnatiladi. Ushbu batareyalar shamol turbinalaridan chiquvchi o‘zgaruvchan elektr energiyasini rostlab beradi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net