RAJASTON SHTATI TADBIRKORLARIGA O?ZBEKISTON IQTISODIY SALOHIYATI TAQDIM ETILDI

01.08.2019 15:12

O‘zbekiston va Hindiston hududlari o‘zaro aloqalarni rivojlantirmoqda.

 

DEHLI, 1 avgust. /”Dunyo” AA/. Mamlakatimizning Hindistondagi elchixonasi va Hindiston sanoat konfederatsiyasi Rajaston shtati bo‘limi hamkorligida mazkur hudud tadbirkorlari bilan uchrashuv tashkil etildi, deb xabar qilmoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Tadbirda Rajaston shtatining oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqaruvchi kompaniyalari, qishloq xo‘jaligi mahsuloti importerlari, tog‘-kon sanoati, farmatsevtika, informatsion texnologiyalar, turizm va mehmonxona biznesi vakillari qatnashdi.

Muloqot davomida O‘zbekistonning investitsion, eksport va turizm salohiyatiga doir videoroliklar namoyish etildi. Tadbir ishtirokchilariga mamlakatimiz iqtisodiyotining turli sohalariga oid amaliy investitsion takliflar taqdim etildi. 

Yig‘ilganlarga joriy yil davomida mamlakatimizda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Farg‘ona, Sirdaryo, Jizzax xalqaro investitsion forumlari, ko‘rgazma va yarmarkalar to‘g‘risida ma’lumot berildi.

- Bugungi tadbir biz uchun qiziqarli bo‘ldi, - deydi Hindiston sanoat konfederatsiyasi Rajaston shtati bo‘limi boshlig‘i A.Dikshit. – O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar, xorijiy investorlar uchun yaratilgan imtiyoz va qulayliklar to‘g‘risidagi ma’lumotlar uchrashuv ishtirokchilarida katta qiziqish uyg‘otdi. Bu kabi tadbirlarning Hindistonning hududlarida tashkil etilishi hududlararo to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamkorlik aloqalarini rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.



Eslatib o‘tamiz, Hindiston sanoat konfederatsiyasi mamlakatdagi eng yirik sanoat palatalaridan biri bo‘lib, unga 1895 yilda asos solingan. Hozirgi kunda 8 ming 300 dan ortiq yirik xususiy sektor va davlat kompaniyalari konfederatsiya a’zosi hisoblanadi.

2018 yil sentyabr oyida Dehli shahrida O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi va Hindiston sanoat konfederatsiyasi o‘rtasida “O‘zbekiston-Hindiston Biznes kengashini” tashkil etish to‘g‘risida kelishuv imzolangan. Ushbu Kengashning birinchi qo‘shma majlisi 2019 yil yanvar oyida Hindistonning Gujarat shtatida bo‘lib o‘tgan edi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net