QASHQADARYO VILOYATI DELEGATSIYASI TURKIYADA BO?LDI

24.05.2019 13:36

Joriy yil 14-19 may kunlari Qashqadaryo viloyati hokimi o‘rinbosari O.Shagazatov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi savdo-iqtisodiy aloqalarni mustahkamlash, shu jumladan, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish hamda qurilish, qishloq xo‘jaligi va tibbiyot sohalarini yanada rivojlantirish maqsadidaTurkiyaning Istambul, Izmir va Chorlu shaharlariga tashrif buyurdi.

 

 

O‘zbekistonning Anqaradagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan mazkur safar doirasida delegatsiya a’zolari va Turkiyaning ishbilarmon doiralari vakillari hamda yirik kompaniyalari, shu jumladan, elektr jihoz va asboblar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan EAE Elektrik kompaniyasi rahbariyati o‘rtasida qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Xususan, uchrashuvlar chog‘ida Istambul shahridagi Gonen Motorlu Araçlar kompaniyasi bilan birgalikda O‘zbekistonda – traktor, Özsa Chemicals Production & Trace Co. bilan viloyatda tekstil sanoati uchun – bo‘yoq mahsulotlari va Astor Trafo bilan mahalliy hamkor ishtirokida transformatorlar ishlab chiqarish hamda Uguzli Tekstil kompaniyasi bilan qo‘shma tekstil fabrikasi barpo etish va Mesken Muhendislik kompaniyasi bilan qurilish sohasida hamkorlik qilish yuzasidan muzokaralar olib borilib, dastlabki kelishuvlarga erishildi.

Safar doirasida mamlakatimiz delegatsiyasi va Izmir shahrining qator yirik kompaniyalari rahbarlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar davomida Gündüz Trafo Elektrik Makinalari bilan kichik hajmdagi transformatorlar ishlab chiqarish, Bilimsel Tibbi Urunler bilan Qashqadaryoda zamonaviy tibbiy laboratoriyalar barpo etish, Belmar bilan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini Yevropaga eksport qilish, Aydinlar Makina bilan og‘ir sanoat uskunalarini birgalikda ishlab chiqarish, Demaksan kompaniyasi bilan esa viloyatda terini qayta ishlash va bo‘yash zavodlarini bunyod etish xususida muzokaralar olib borildi.

Chorlu shahrida 50 dan ortiq ishlab chiqarish kompaniyalari ishtirokida biznes-forum va ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazildi. Tadbir chog‘ida mamlakatimiz va Qashqadaryo viloyatining iqtisodiy, sarmoyaviy hamda sayyohlik salohiyatini hikoya qiluvchi taqdimot marosimi o‘tkazildi. Unda respublikamizda turli sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net