PREZIDENT FERMERLAR BILAN SUHBATLASHDI

26.07.2019 11:24

TOSHKENT, 26 iyul. /«Dunyo» AA. Shavkat Mirziyoyev Oqdaryo tumanidagi «Pure milk Oqdaryo» fermer xo‘jaligi dalasida bo‘lib, mirishkorlar bilan suhbatlashdi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy veb-sayti ma'lumotiga tayanib “Dunyo” axborot agentligi.

- Qanday qilib odamlarning daromadini oshiramiz, degan savol meni har kuni qiynaydi. Buning uchun har bir hudud, har bir sohada imkoniyatlar bor. Qishloq xo‘jaligida – yangi texnologiyalarni joriy qilib, hosildorlikni oshirish, xomashyoni qayta ishlash. Qayta ishlash bo‘lsa, daromad, ish o‘rni ko‘payadi, - dedi Prezident.


Paxtachilik va chorvachilikka ixtisoslashgan mazkur fermer xo‘jaligining maydoni 1 ming 360 gektar. G‘o‘zani tomchilatib sug‘orish joriy etilgan.

Davlat rahbari qolgan xo‘jalik va klasterlar yerini ham tomchilatib sug‘orishga o‘tkazish, hosildorlik past maydonlarda g‘allani qisqartirib, daromadi undan yuqori meva-sabzavotlar ekish, fermer va klasterlar uchun minitexnologiyalar yetkazib berish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.

 

 

 

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net