Prezident Administratsiyasida energetika tizimidagi vaziyat bo?yicha yig?ilish o?tkazilmoqda

07.12.2022 13:08

Prezident Administratsiyasida joriy yil yakuni bilan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishda kutilayotgan natijalar va energetikadagi vaziyat bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilmoqda. Yig‘ilishda videoaloqa orqali barcha hududlar rahbarlari ishtirok etyapti.

Administratsiya rahbari Sardor Umurzakov raisligida keskin tanqidiy ruhda o‘tayotgan yig‘ilishda qish mavsumini betalafot o‘tkazish uchun mas’ul mutasaddilar ishidagi jiddiy kamchiliklar ko‘rsatib o‘tildi, mavsumga tayyorgarlik ishlaridagi qoloqliklar, yuzaga kelgan vaziyatni bartaraf etish choralar tezkor qabul qilinmagani va umuman sustligi yuzasidan jiddiy e’tirozlar bildirildi.

Aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan mutanosib ta’minlash masalalarini tezkor va tizimli hal etib borish maqsadida Energetika vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida kunu tun ishlaydigan shtablar tashkil etish topshirildi.

Bu masalalar bo‘yicha kunlik nazorat o‘rnatish uchun Prezident maslahatchilari va Bosh vazir o‘rinbosarlari har bir viloyat hokimiga biriktiriladigan bo‘ldi.

O‘zA

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net