“POWER UZBEKISTAN – 2019” VA “OGU – 2019”DA ISTIQBOLLI LOYIHALAR NAMOYISH ETILADI

06.04.2019 10:50

Joriy yil 15-17 may kunlari Toshkentdagi “O‘zekspomarkaz” milliy ko‘rgazmalar majmuasida “Power Uzbekistan-2019” va “OGU-2019” nomi bilan energetika va neft-gaz sohalari bo‘yicha xalqaro ko‘rgazmalar o‘tkaziladi.

“Iteca Exhibitions” xalqaro ko‘rgazmalar kompaniyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligi, “O‘zbekneftgaz”, “O‘zbekenergo” aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilayotgan tadbirdan ko‘zlangan maqsad energetika, neft-gaz sohalarini rivojlantirish, bu borada xalqaro tajribalar bilan tanishish hamda o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.

“Power Uzbekistan-2019” – energetika, energiya tejamkorlik, atom energetikasi, muqobil energiya manbalari” xalqaro ko‘rgazmasida elektr energetika va elektr tarmoqlari generatsiyalanuvchi quvvatlarini rivojlantirish sohasidagi istiqbolli loyihalar namoyish qilinsa, “OGU-2019” ko‘rgazmasi esa geologiya, geofizika, neft-gaz qazish, ularni transportda tashish, saqlash, qayta ishlash, neft-kimyo va gaz-kimyo, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.

Eslatib o‘tamiz, har ikkala ko‘rgazmada jahonning 31 mamlakatidan 150 kompaniya ishtirok etadi. Tadbir doirasida anjuman va uchrashuvlar bo‘lib o‘tadi.

Online Maslahat

Ism

E-mail

Maslahat

Useful links

booked.net
booked.net